Daryo

Janubiy Koreya muvaqqat prezidentiga ham impichment e’lon qilindi 

U Konstitutsiyaviy sud sudyalarini tayinlashdan bosh tortgandi. Bu sudyalar prezidentga nisbatan impichmentni tasdiqlashi kerak edi

2 daqiqa o‘qish8 282 ko‘rishlar0 izoh0

Janubiy Koreya parlamenti prezident vazifasini bajaruvchi va ayni paytda bosh vazir lavozimini egallab turgan Xan Dok Suga nisbatan impichment uchun ovoz berdi. Bu haqda Yonhap xabar berdi.

Foto: Getty Images

300 deputatdan 192 nafari impichment uchun ovoz bergan. Konstitutsiyaga ko‘ra, prezident impichmenti uchun 200 ta ovoz kerak. Biroq boshqa yuqori martabali amaldorlar, shu jumladan bosh vazir uchun ko‘pchilik (151 ovoz) yetarli. Ovoz berishdan oldin spiker U Von Sik ovozlarni bosh vazir impichmenti uchun berilayotganday hisoblashini aytgan.

Mamlakatda harbiy holat e’lon qilingani ortidan Yun Sok Yol lavozimidan chetlatilgach, Xan Dok Su 14-dekabrda prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. Unga qarshi impichment tashabbusi muxolifatdagi “Toburo” partiyasi tomonidan ilgari surilgan. Bunga hukumatning Yun Sok Yol va uning rafiqasi Kim Gon Xiga nisbatan tergov bo‘yicha qonun loyihalarini ko‘rib chiqishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan.

Men Milliy yig‘ilishning qarorini tan olaman va tartibsizlik hamda noaniqlikni kuchaytirmaslik uchun qonunga muvofiq vakolatlarimni bajarishni to‘xtataman. Konstitutsiyaviy sudning tezkor va oqilona qarorini kutmoqdaman, degan Xan Dok Su.

Prezidentga qarshi impichment

Janubiy Koreya parlamenti prezidentning impichmentini qo‘llab-quvvatlagandi, Prezidentni lavozimidan chetlatish uchun 204 nafar deputat ovoz bergan, 85 nafari qarshi chiqqan.

Parlament impichmentni ma’qullagani munosabati bilan Yun Sok Yolning vakolatlari vaqtinchalik to‘xtatilgan, Konstitutsiyaviy sud esa prezidentni lavozimidan chetlashtirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Buning uchun sudga 180 kun vaqt beriladi.

Prezident rafiqasi tergov qilinadi

Janubiy Koreya milliy assambleyasi (parlamenti) prezident rafiqasi Kim Gon Xiga nisbatan qimmatli qog‘ozlarni manipulyatsiya qilish to‘g‘risidagi ishni tergov qilish uchun maxsus prokurorni tayinlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Unga qarshi ayblovlar orasida Deutsche Motors va Sambu Toegan aksiyalari narxlarini sun’iy boshqarish, pora olish va Covana Content homiyligiga oid ishlar, “hashamatli sumkalarni qabul qilish” holati, saylovlarga aralashish, davlat sirlarini oshkor qilish hamda boshqa holatlar kiradi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar