Bu yil Dubayda an’anaviy Dubai Shopping Festival bayramining 30 yillik yubileyi nishonlanadi. Festival 2024-yil 6-dekabrdan 2025-yil 12-yanvargacha o‘tkaziladi. Unga tashrif buyuradigan mehmonlarni 38 kunlik manfaatli xaridlar, unutilmas voqealar, konsertlar, shou va, albatta, sovrinlar hamda sovg‘alar kutadi.
Dubai Shopping Festival – Dubayda manfaatli xaridlarni amalga oshirish uchun ideal davr. Festivalning ayrim kunlarida do‘konlardagi chegirmalar 90 foizgacha yetadi, aksiyalar Dubaydagi barcha savdo markazlarida o‘tkaziladi. An’anaga ko‘ra, eng katta chegirmalar festival boshida va yakunida bo‘ladi. Do‘konlardan tashqari, shahardagi ko‘plab restoranlar va mehmonxonalar ham chegirmalar va aksiyalarni taqdim etadi.
Festivalning ochilishi keng ko‘lamli dronlar shousi bilan boshlanadi. U 6-dekabrdan boshlab har kuni Bluewaters va The Beach, JBR hududlarida o‘tkaziladi. Shou kuniga ikki marta soat 20:00 da va 22:00 da boshlanadi.
Festival doirasida Al Seef, Al Marmoom, Bluewaters va Dubai Design District hududlariga Dubai Lights chiroqlar san’ati ko‘rgazmasi yana qaytmoqda. Installyatsiyalar “yer”, “suv”, “havo” va “yorug‘lik” mavzulariga asoslanadi.
Bu hali hammasi emas – 6-dekabrdan 12-yanvarga qadar Dubay osmonini bayram mushaklari yoritadi. Mushakbozlikni Dubai Festival City Mall savdo markazi yonida soat 21.00 dan boshlab tomosha qilish mumkin.
Shuningdek mushakbozlikni Xattda soat 20.00 da (shu yilning 6–7, 13–14, 20–21, 27 va 28-dekabr kunlari, 2025-yilda esa 3-4 yanvar kunlari) tomosha qilish mumkin.
Biroq, keling, yana mavzuga qaytaylik. Dubayning qaerida manfaatli xaridlarni amalga oshirish hamda bunday xaridlar va hordiqni qay tarzda birlashtirish mumkinligi haqida so‘z yuritamiz.
Zamonaviy va manfaatli shoping
Dubayda xaridlarni Dubai Mall majmuisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu shunchaki savdo markazi emas, balki lyuks brendlardan tortib, to hamyonbop savdo belgilarini o‘z ichiga olgan yuzlab do‘konlar, ko‘ngilochar zonalar, restoranlar va qahvaxonalardan iborat butun bir shahardir. Dubai Mall majmuida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida taqdim etilmagan brendlarni ham topish mumkin. Do‘konlarning aksariyati shoping festivali doirasida katta chegirmalar va yoqimli aksiyalarni taklif etadi.
Xaridlardan keyin Dubai Aquarium & Underwater Zoo ulkan akvariumida dengiz jonivorlarini tomosha qilish, China Town bo‘ylab sayrga chiqish yoki muz maydonida konkida uchish mumkin. Shuningdek, Burj Xalifa tomosha maydoniga ko‘tarilishni va kuningizni ajoyib “raqsga tushuvchi” favvoralar shousini tomosha qilish bilan yakunlashni ham unutmang.
Mall of the Emirates – kattaligi bo‘yicha Dubaydagi ikkinchi savdo markazi. Bu yerda Apple savdo belgisidan boshlab, dunyoga tanilgan dizaynerlar va ommabop markalarni o‘z ichiga olgan eng mashhur brendlar yig‘ilgan. Kichkina mehmonlarni esa attraktsionlar va boshqa ko‘ngilochar o‘yinlarni qamrab olgan Magic Planet majmuining sehrli olami kutadi. Ski Dubai – ushbu savdo markazida joylashgan dunyodagi yagona usti yopiq tog‘-chang‘i kurorti.
Bu yerga tashrifni AppStore yoki Google Play orqali yuklab olinadigan maxsus ilovalar yordamida rejalashtirish qulay.
City Walk – bu yerni oddiy savdo markazi desangiz, adashasiz. Bu Dubayning qoq yuragida joylashgan “Yevropa qishlog‘i”. Undagi xiyobonlar bo‘ylab sayr qiling, jahon brendlarini taqdim etuvchi do‘konlarga kiring. Shopingdan keyin Green Planet oranjereyasiga tashrif buyuring – bu g‘aroyib bio-gumbaz, uning ostida haqiqiy tropik o‘rmon joylashgan bo‘lib, u kattalarga ham, bolalarga ham yoqishi aniq.
Agar siz taniqli brendlarning buyumlarini arzonroq narxlarda izlayotgan bo‘lsangiz, unda sizni Outlet Village markazida yil bo‘yi davom etadigan chegirmalar kutadi. Bu yerda, qadimiy Toskana shahri mavzelariga o‘xshatib bezatilgan ko‘chalarda, 125 dan ortiq brend to‘plangan. Shopingdan so‘ng esa qo‘shni Dubai Parks and Resorts mavzuli parkiga otlanish mumkin. Bu kunni butun oila uchun foydali va xursandchilik bilan o‘tkazish imkoniyati.
Xaridlarni o‘ziga xos muhit ichida amalga oshiring
Global Village – Dubayga tashrif buyuradigan mehmonlar va mahalliy aholi orasida eng ommabop bo‘lgan maskanlardan biri. Bu yerda sizni dunyoning turli mamlakatlarini taqdim etuvchi ko‘plab pavilonlar kutadi, ularda shu mamlakatlarning milliy mahsulotlari, ziravorlari, kiyim-kechaklari, atir-upalari va boshqa buyumlarini sotib olish mumkin.
Global Village fudkortida hind va tailand yeguliklaridan tortib, to lazzatli italyan ovqatlarigacha – turli xalqlarning taomlaridan tatib ko‘rish imkoniyati bor. Xurmo shinnisiga botirib tayyorlangan an’anaviy amirlik kulchalari – lukamatdan tanovul qilib ko‘rishni ham unutmang. Siz bu shirinlikni bir umrga yoqtirib qolasiz.
Har kuni Global Village majmuida turli konsertlar va tomoshalar ham o‘tkaziladi, bolalarga esa mahalliy ko‘ngilochar parkdagi attraktsionlar yoqib qolishi shubhasiz.
Deira Gold Souk tilla bozori – o‘ziga xos muhitda xaridlarni amalga oshirish uchun yana bir maskan. Mahalliy sotuvchilar ham festival doirasida chegirmalarga doim tayyor. Savdolashishni unutmang, bu yerda savdolashish majburiy shart!
Al Fahidi Street ko‘chasi – bu shunchaki savdolar amalga oshiriladigan ko‘cha emas, balki Dubay tarixi va madaniyatiga haqiqiy sayohat. Al-Faxidiy mahalliy an’analar va hunarlar bilan noyob tanishuv tajribasini taklif qiladi.
Bur Dubai tumani hamyonbop elektron qurilmalarni izlayotganlar uchun haqiqiy jannat hisoblanadi. Gadjetlarni xarid qilish uchun Meena Bazaar, Al Ain Centre (Computer Plaza), Sharaf DG va Jumbo Electronics markazlariga tashrif buyuring. Xaridlar uchun bir nechta maslahat:
- Tashrifdan oldin o‘zingiz xohlayotgan gadjetlarning narxlarini keyin solishtirib ko‘rish uchun onlayn tekshirib ko‘ring
- Savdolashing – ayniqsa, an’anaviy bozorlarda. Sotuvchilar bir-biri bilan raqobatlashib, chegirmalar berishga tayyor bo‘ladi
- Mahsulotlarga kafolat borligini tekshiring
Madinat Jumeyra kurortining yuragida joylashgan Souk Madinat Jumeirah savdo markazi o‘zida zamonaviy qulaylikni va o‘ziga xos sharqona muhitni uyg‘unlashtirgan. Bu mahalliy esdalik buyumlarini xarid qilish va go‘zal manzarani tomosha qilgan holda sharqona muhitda tushlik qilish uchun ideal joy.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)