Daryo

Toshkentda maktab o‘quvchilari “Amerika kinosiga taqlid qilib” mushtlashuv uyushtirdi

O‘quvchilar bunday xatti-harakatlari uchun kechirim so‘ragan va o‘sha kuniyoq o‘zaro kelishib ketgan

1 daqiqa o‘qish18 298 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Olmazor tumanidagi 134-maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi mushtlashuv videosiga munosabat bildirdi.

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, videodagi voqea bundan bir yarim oy muqaddam, 15-mart kuni 134-maktabning orqa tomonidagi stadionda yuz bergan.

Maktabning 8-“B” sinf o‘quvchilaridan bir guruhi Amerika kinosiga taqlidan o‘zaro “mushtlashuv” uyushtirib, tasvirga olgan. Voqeadan xabardor bo‘lgan maktab maʼmuriyati o‘quvchilar hamda ularning ota-onalarini yig‘ib, muloqot o‘tkazgan.

Ta’kidlanishicha, o‘quvchilar bunday ahmoqona xatti-harakatlari uchun kechirim so‘ragan va o‘sha kuniyoq o‘zaro kelishib ketgan. Hozirda ularning o‘zaro munosabatlari do‘stona, darslarda muntazam qatnashib kelishmoqda.

“Bu voqea yuz berganidan beri qariyb ikki oy vaqt o‘tgach, video tasvirlarni tarqatishdan kimga qanday naf?! O‘quvchilar o‘rtasiga nifoq solishdan yoki maktab maʼmuriyati, taʼlim sohasi xodimlari dilini xira qilishdan kimdir rohatlanadimi?!”, — deyiladi rasmiy munosabatda.

Videodagi holat bo‘yicha Olmazor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tergov-surishtiruv harakatlari boshlangan.

O‘quvchilar o‘rtasida mushtlashuvlar

2022-yilning oktabrida ijtimoiy tarmoqlarda Namanganning Kosonsoy tumanida maktab o‘quvchilari mushtlashuvi aks etgan tasvirlar tarqalgandi. Noyabrda esa Toshkentda o‘quvchilar futboldagi janjal sabab mushtlashib ketgan edi. Keyinroq poytaxt IIBB voqeaga munosabat bildirib, mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilayotganini ma’lum qilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar