Daryo

Toshkentda futbol o‘ynagani kelgan yigitlar o‘rtasida ommaviy janjal sodir bo‘lgani yuzasidan ma’lumot berildi

Aniqlanishicha, voyaga yetmagan bolalar maydon talashib, o‘zaro og‘zaki janjallashib qolgan

1 daqiqa o‘qish16 486 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo‘layotgan, bir nechta fuqaro o‘zaro janjallashgani aks etgan video yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Aniqlanishicha, 26-mart kuni taxminan soat 22:30 larda Yangihayot tumani Yangihayot 10-hududdagi mini futbol stadionida, futbol o‘ynash uchun kelgan voyaga yetmagan bolalar futbol maydonini talashib, o‘zaro og‘zaki janjallashgan. Janjalni ko‘rgan ota-onalar farzandlarini chaqirib, uyiga olib kirib ketgan. Og‘zaki janjal natijasida fuqarolar tan jarohati olmagan.

Idora matbuot xizmatining qayd etishicha, mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

“Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizga har qanday muammoni o‘zaro kelishuv yo‘li bilan hal qilish mumkinligini, janjal-to‘polon bilan biror natijaga erishib bo‘lmasligini, sodir etilgan huquqbuzarlik uchun qonunda jazo choralari belgilanganini tushuntirishingizni so‘raymiz”, — deyiladi munosabatda.

Avvalroq Toshkentda o‘quvchilar futboldagi janjal sabab mushtlashib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar