Daryo

Toshkentda ikki yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda bir kishi halok bo‘ldi

Isuzu yuk mashinasi boshqa yuk transport vositasiga borib urilgan

1 daqiqa o‘qish16 332 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkentning Yangihayot tumanida ikki yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda haydovchilardan biri halok bo‘ldi. BU haqda poytaxt YHXB matbuot xizmati xabar berdi. 

Foto: Toshkent shahar YHXB

26-noyabr kuni soat 20:30 larda Yangihayot tumani 4R21 ko‘chasi Qozog‘iston gilamlari do‘koni qarshisidagi qayrilib olish joyida haydovchi Q.A. (1982-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi BKA yuk transport vositasiga I.Q. (1987-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Isuzu rusumli transport vositasi kelib urilgan.

Oqibatda Isuzu haydovchisi voqea joyida vafot etgan.

Foto: Toshkent shahar YHXB

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentda noyabrda sodir bo‘lgan YTHlar

3-noyabr tunda poytaxtning uchta tumanida YTHlar sodir bo‘ldi. Sergelida Spark va Matiz to‘qnashdi, Yunusobodda Lacetti yo‘l chetidagi beton ustunga borib urildi, Mirzo Ulug‘bek tumanida Lacetti va BMW to‘qnashdi. 11-noyabr kuni Mirobod tumanidagi “Sanʼat muzeyi” qarshisida Lacetti King Long avtobusi orqasiga borib urilib, jarohatlandi. 16-noyabrda Yakkasaroy tumani Malibu yo‘l chetidagi temir ustunga urildi va haydovchisi va yo‘lovchisi jarohat oldi. 17-noyabr kuni Yunusobod tumanida Toyota, Malibu 2 va Cobalt avtomashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. 24-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida Spark va Epica to‘qnashib, yonib ketdi. Hodisa oqibatida hech kim halok bo‘lmagan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar