Daryo

Andijonda besh oyda 43 marotaba tezlikni oshirgan Сobalt haydovchisi aniqlandi

Haydovchi sodir etgan qoidabuzarliklari uchun qancha jarimaga tortilgani ma’lum qilindi

1 daqiqa o‘qish19 864 ko‘rishlar0 izoh0

Andijon viloyatining Shahrixon tumanida yashovchi haydovchi o‘zining Cobalt’ida 43 ta qoidabuzarlik sodir etgani aniqlandi. Bu haqda MIB Andijon viloyat boshqarmasi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi. 

Foto: MIB Andijon viloyati boshqarmasi axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Shahrixon tumanida yashovchi D.I. boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasida o‘tgan 5 oy davomida 43 marotaba tezlikni oshirib qoidabuzarlik sodir etgan va bu uchun jami 20,1 million so‘m ma’muriy jarimaga tortilgan. 

Ijro harakati davomida ushbu shaxsdan sodir etgan qoidabuzarliklari uchun 20,1 mln so‘m jarima hamda o‘z muddatida to‘lamagani uchun 2,1 mln so‘m qo‘shimcha jarima pullari undirildi.

Avvalroq Toshkentda Spark haydovchisining 54 ta jarimasi borligi, yana bir haydovchining esa ijaradagi Matiz’ida 118 ta qoidabuzarlik sodir etgani aniqlangandi.

Qamchiq dovonida jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor Nexia-2 ushlangani haqida xabar berilgandi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar