Daryo

MIB Qashqadaryoda qarzdor haydovchilardan 600 mln so‘m undirdi

Undirilgan mablag‘lar 1449 ta jarimaning puli bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish7 722 ko‘rishlar0 izoh0

MIBning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hududdagi qarzdor haydovchilardan 600 million so‘m undirdi. Bu haqda “Daryo”ga boshqarma mas’uli Gulnoza Dilmurodova xabar berdi. 

Foto: MIB

Ma’lum bo‘lishicha, undirilgan mablag‘lar 1449 ta jarimaning puli bo‘lgan.  

Viloyatda 373 nafar fuqaro majburiy ijro harakatlari natijasida 1449 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun qo‘llanilgan 600 million so‘mlik ma’muriy jarimalarni to‘lab berdi. Boshqarma xodimlari tomonidan yo‘l harakati qoidalariga amal qilmagani natijasida qo‘llanilgan ma’muriy jarimalarni to‘lamasdan kelayotgan qarzdorlarga nisbatan ijro harakatlari olib borilmoqda, deydi Gulnoza Dilmurodova. 
Foto: MIB
Foto: MIB

Ijro harakatlari davomida IIB YHXB bilan hamkorlikda olib borilgan tadbirning 20 kunida 373 ta avtotransport vositasi ushlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan. 

Mazkur avtotransport vositalari egalari o‘zlariga nisbatan qo‘llanilgan jarimalarni shu kunga qadar to‘lamay kelgan. Jumladan, yakkabog‘lik B.S. Spark avtomobilida 32 marotaba, qamashilik  M.D. Cobalt mashinasida 26 marotaba, kitoblik S.Z. ham avtoulovida 20 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan, deydi mas’ul. 
Foto: MIB

Qarzdorlarning avtotransport vositalari xatlanganidan so‘ng, mavjud qarzdorliklar to‘liq bartaraf etilgach, mashinalar egalariga qaytarilgan. Ma’muriy jarimalarni undirish yuzasidan ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

Qashqadaryodanman. 2012-yil O‘zMUning jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2018-yildan beri ishlayman. Yoqtirgan kino va filmlarim ko‘p, ammo ular orasida “Jigar” bo‘lakcha. Kitoblardan esa Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar