Toshkent shahri Chilonzor tumani Muqimiy-Chilonzor ko‘chalari chorrahasida 19-oktyabr kuni soat 00:30 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, haydovchi 2001-yilda tug‘ilgan A.J. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 avtomashinasi va haydovchi 1998-yilda tug‘ilgan A.K. boshqaruvida bo‘lgan Spark avtomashinasi to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida Nexia-3 haydovchisi va yo‘lovchisi 2001-yilda tug‘ilgan T.B. hamda Spark haydovchisiga birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB maʼsul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
18-oktyabr kuni Toshkentning Bektemir tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida haydovchi va yo‘lovchi jarohatlangani haqida xabar berilgandi.
Avvalroq Samarqandda sodir bo‘lgan YTH oqibatida haydovchi jarohatlangani haqida xabar berilgandi.
Qashqadaryoda ikki avtomobil to‘qnashuvidan to‘rt kishi vafot etgani, Samarqandda sodir bo‘lgan YTH oqibatida haydovchi vafot etgani xabar qilingandi.








