Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 11-oktyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 9,70 so‘mga pastlab, 12 768,30 so‘m bo‘ldi. Yevro 51,49 so‘mga tushib, 13 960,86 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,43 so‘mga pastlab, 131,15 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket ikki kun pastlab, 12 778 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi ham tushgandi.
Izoh (0)