3 yildan buyon 2 nafar farzandiga aliment to‘lamasdan kelgan otaga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro Z.M. jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudida qidiruvda bo‘lgan hamda tezkor qidiruv tadbirlari davomida 16-yanvar kuni topilgan.
Javobgar Z.M. ikki nafar farzandi moddiy taʼminoti uchun 2021-yildan buyon 31 mln so‘mdan ortiq aliment pulini to‘lashdan bosh tortib, Rossiya Federatsiyasida yurgan. U sud zalida aliment pulini to‘lamasligini maʼlum qilgach, qarzdorga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-4-moddasiga asosan maʼmuriy ish materiallari ko‘rib chiqilib, 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Izoh (0)