• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl

    Kinotavsiya: Kuchli va mustaqil rahbar ayollar haqidagi ajoyib filmlar (treyler)

    Bugungi kunda kuchli va mustaqil ayollar mas’uliyatli rahbarlik lavozimlarida tobora ko‘proq ishlamoqda. Muvaffaqiyatli va shunday ideal ishbilarmon ayollarning haqiqiy hayotini ochib beruvchi ajoyib filmlar bilan tanishing.

    “Qattiqqo‘l xonim” (2006)

    Foto: Filmdan kadr

    Kartina o‘n yil oldin suratga olingani sababli ma’lum ma’noda klassikaga aylangan. “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan amerikalik aktrisa Meril Strip obrazi esa shunchaki betakror. Miranda Pristli nufuzli podium moda jurnalining bosh muharriri, qat’iy va murosasiz xonim, u bilan hech kim bahslashishga jur’at eta olmaydi. U o‘z xodimlariga juda talabchan, ular xato qilishi mumkin emas. Ammo nashriyotga yosh qiz Andrea keladi, u tasodifan Miranda Pristli hayotining boshqa tomonini ko‘radi. Darhaqiqat, qat’iy va talabchan xo‘jayinning har qanday obrazi ortida zaif tomonlari va kundalik muammolari bilan oddiy odam turadi.

    “Ishdagi ishq” (1977)

    Foto: Filmdan kadr

    Eldar Ryazanovning lirik kinokomediyasi tomoshabinlar tomonidan sevib ko‘rilgani sababli ham undagi iboralar ommalashib ketgan. Sujet oddiy sovet xodimi Novoseltsevning eski tanishi boshlagan sarguzashtli g‘oyaga bog‘langan. U yolg‘iz otaga lavozimga ko‘tarilish uchun hiyla-nayrang qilishni taklif qiladi, ya’ni turmushga chiqmagan rahbari bilan oshiq-ma’shuq bo‘lish. Kampir laqabli Lyudmila Prokofyevna bir qarashda romantikaning har qanday ko‘rinishlariga begona bo‘lgan qat’iy, talabchan rahbar. Ammo haqiqiy his-tuyg‘ular hatto shunday qo‘pol, erkakshoda xo‘jayinda ham haqiqiy ayolni uyg‘otishi mumkin.

    “Katta xo‘jayin” (2016)

    Foto: Filmdan kadr

    Quvnoq, qiziqarli va kulgili film. Mellisa Makkartining qahramoni muvaffaqiyatli ishbilarmon ayol, lekin to‘satdan uning kompaniyasi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, o‘zi esa moliyaviy firibgarlikda ayblanib qamoqqa tushadi. Ozodlikka chiqqandan so‘ng, u biznes bilan shug‘ullanishni va yana hurmat qozonishni xohlashini tushunadi. Sobiq xodimining mehribonligi tufayli u keyinchalik hayotiga katta ta’sir ko‘rsatadigan oilaga ega bo‘ladi. Bu yengil kulgili komediya juda oddiy, ammo shunday muhim g‘oyani o‘z ichiga oladi: har qanday vaziyatda ham hech qachon taslim bo‘lmaslik kerak.

    “Temir xonim” (2011)

    Foto: Filmdan kadr

    Meril Strip o‘ynagan kuchli ayol haqidagi yana bir film. Film siyosat ayolning ishi emasligi haqidagi buzg‘unchi ijtimoiy stereotiplarni yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan afsonaviy ayolning ilhomlantiruvchi hayotini hikoya qiladi. Margaret Tetcher nafaqat hokimiyatni, balki butun xalqning mehrini qozonib, Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini egallashga muvaffaq bo‘lgan birinchi ayol hisoblanadi. Meril Stripning ushbu filmdagi aktyorlik ishi ham oddiy tomoshabinlar, ham professional tanqidchilar tomonidan yuqori baholanib, aktrisaga eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida nufuzli jahon kinomukofotlari, jumladan: “Oskar” va “Oltin globus” haykalchalari, shuningdek, Britaniya akademiyasi, Aktyorlar gildiyasining mukofotlarini olib kelgan.

    “Stajyor” (2015)

    Foto: Filmdan kadr

    Juls Ostin yosh bo‘lishiga qaramay, jiddiy ishbilarmon ayol. U onlayn savdo bilan shug‘ullanadigan kompaniyani boshqaradi va bu qiyin vazifani juda muvaffaqiyatli uddalaydi. Uning biznesi jadal rivojlanmoqda va rahbariyat kundalik yumushlarda yordam berish uchun bir nechta stajyorlarni yollashga qaror qiladi. Tez rivojlanayotgan kompaniyaga ixtiyoriy ravishda kelganlardan biri 70 yoshli Ben. Optimist pensioner ishlashni va yangi narsalarni o‘rganishni xohlaydi. Juls va Ben o‘rtasida kutilmaganda ishonchli do‘stlik o‘rnatiladi va bu ularning har biriga muhim narsalarni o‘rgatadi.

    “Mirishkor ayol” (2011)

    Foto: Filmdan kadr

    Zamonaviy dunyoda ayol uchun hamma narsaga ulgurish oson ish emas: doim yaxshi kayfiyatda bo‘lish, bolalarni tarbiyalash, oila farovonligini ta’minlash va eriga doim e’tiborli bo‘lish. Sara Jessika Parker qahramoni — fond menejeri va ikki farzandning onasi uzoq vaqt davomida aqbovar qilmaydigan tarzda karyera va oilani uyg‘unlashtirishga muvaffaq bo‘ladi. Ammo bularning hammasiga vaqt yetmaydi, ba’zida qat’iy talablar qo‘yish kerak. Ehtimol, hatto qurbonlik qilish ham mumkin. Bosh qahramon ish va oila o‘rtasidagi muvozanatni topishi lozim.

    10.10.2023, 14:46   Izoh (0)   16316
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Kichkina ajdarho”dan tortib “Kung-fu tulpor”gacha: Jeki Chan ishtirokidagi eng yaxshi filmlar

    06.10.2023, 12:14

    “Oskar” mukofotiga loyiq ko‘rilgan XXI asrning eng yaxshi multfilmlari (foto)

    09.10.2023, 10:06

    30 yoshida Ginnes rekordini o‘rnatgan va stereotiplarni buzishdan qo‘rqmaydigan “Titanik” yulduzi — Keyt Uinslet 48 yoshda (foto)

    09.10.2023, 11:18

    Karyerasini shou-biznesdan boshlagan dunyoga mashhur birinchi xonimlar (foto) 

    10.10.2023, 12:56

    Selena Gomes, Emma Uotson va shaxsiy hayotda baxt topa olmayotgan boshqa mashhur ayollar (foto)

    08.10.2023, 23:56

    AQSHda mushuk tasodifan davlat IT tizimini o‘chirib qo‘ydi

    08.10.2023, 19:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukraina yuqori martabali rossiyalik zobitni o‘ldirdi

    Dunyo | 4 iyul, 09:31

    O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi faoliyatini Eron chempionatida davom ettirishi mumkin

    Sport | 4 iyul, 09:25

    Andijonda profilaktika inspektorini pichoqlagan shaxs qabristondan topildi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 09:14

    Tramp Oq uy hududida UFC jangi bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi

    Dunyo | 4 iyul, 09:03

    “Real”ning qayta tug‘ilishi, “Inter”ning tanazzuli va “Al-Hilol” mo‘jizasi: klublar mundiali 1/8 finali xulosalari

    Futbol | 4 iyul, 08:46

    Ohangaron shahar hokimligi mansabdori qamoqqa olindi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 08:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.