“Texnopark” MCHJ “AVANT” brendi ostida qurilish sohasida keng qo‘llaniladigan metall konstruksiyalarni ishlab chiqaradi.
Korxona Rossiya, Italiya, Shvetsiya, Niderlandiya kabi mamlakatlarning ilg‘or xorijiy texnologiyalari bilan jihozlangan. Yillik ishlab chiqarish quvvati — 12 000 tonnani tashkil etadi.
Po‘lat mahsulotlari sifati ISO 9001:2015, ISO 14001:2015, ISO 45001:2018 standartlariga mos keladi. Tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishdagi nuqsonlarni istisno qiluvchi ultratovushli defektoskopiyadan o‘tadi.
AVANT metall konstruksiyalari assortimenti:
- LSTK — yengil po‘latdan yasalgan yupqa devorli konstruksiyalar;
- LMK — yengil metall konstruksiyalar;
- CHMK — payvandlangan elementlar va rulonli profillar asosidagi qora metall konstruksiyalar;
- har xil modifikatsiyadagi profillar.
LSTK va LMK ishlab chiqarish ustaxonalari, vaqtinchalik ofis xonalari, savdo pavilonlari, chorvachilik fermalari, garajlar va angarlar, devor to‘siqlari qurilishida qo‘llaniladi.
CHMK texnologik inshootlar, ishlab chiqarish obyektlari, logistika markazlari, sport inshootlari, ko‘priklar / tayanchlar / oraliqlar, savdo markazlari, kapital qurilish obyektlari, temir-beton tom konstruksiyalari, elektr uzatish minoralari va boshqalarni qurishda talabga ega.
AVANT metall konstruksiyalarining afzalliklari:
- benuqson mustahkamlik va egiluvchanlik;
- og‘ir yuklarga va mexanik shikastlanishga qarshilik;
- har qanday ob-havo sharoitida o‘rnatish imkoniyati;
- korroziyaga chidamlilik / bo‘yashga hojat yo‘q.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)