Centrum Air aviakompaniyasi xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lovchilarni tashishni boshladi. Muqaddas Ramazon oyi sharafiga birinchi yo‘nalish sifatida Saudiya Arabistonining Jidda shahri tanlandi.
Besh yarim soat davom etgan parvozdan so‘ng Jidda sari parvoz qilgan Centrum Air aviakompaniyasinig Boeing 737 havo kemasi manzilga yetib bordi. Aviakompaniya rahbariyati, yo‘lovchilar va ekipaj Saudiya Arabistoni Fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi va Jidda aeroporti vakillari tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.
Jidda shahriga reyslar Toshkent va Namangan shaharlaridan amalga oshiriladi. Aviakompaniya vakillarining ta’kidlashicha, yo‘lovchilar parvoz vaqtida ajoyib xizmatlaridan bahramand bo‘lishadi: qulay o‘rindiqlar, mazali taom va ichimliklar va boshqalar.
“Bizning yangi reysimiz Jidda shahriga ajoyib sayohat qilish va Ramazon oyida bo‘lib o‘tadigan ko‘plab diniy tadbirlar va bayramlarda qatnashish imkonini beradi. Biz yo‘lovchilarimizga sayohat paytida o‘zlarini qulay his qilishlariga yordam beradigan yaxshi parvoz xizmatini taklif qilishdan mamnunmiz. Shuningdek, ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, Jidda shahriga reyslar to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshiriladi. Bu o‘z o‘rnida yo‘lovchilarimizni ortiqcha ovoragarchiliklar va noqulayliklardan xalos etadi”, — dedi Centrum Air aviakompaniyasi rahbari birinchi o‘rinbosari – tijorat direktori Ma’mur Mamadaliyev.
Aviakompaniya shu kunga qadar ichki yo‘nalishlarda parvozlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, Termiz, Urganch, Farg‘ona va Buxoro shaharlariga muntazam reyslar yo‘lga qo‘yilgan. Parvozlar yuqori qulaylik darajasiga ega Airbus 320 va Boeing 737 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Aviakompaniya vakillarining ma’lum qilishicha, yaqin vaqt ichida xalqaro va ichki yo‘nalishlar soni yanada ko‘payadi. Jumladan, aprel oyining so‘ngida Birlashgan Arab Amirliklarining Ras al-Xayma amirligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi.
Keyinchalik, aviatashuvlar 15 mamlakatga, shu jumladan, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Misr, BAA, Hindiston, Janubiy Koreya va boshqalarga amalga oshiriladi.
Reklama huquqi asosida.