Iliq ob-havo ko‘ngil ochish uchun ko‘chaga chiqish vaqti kelganini eslatmoqda! Ashxobod istirohat bog‘iga tashrif buyurib, zavqlanishga nima yetsin!
Istirohat bog‘ida turli yoshdagi mehmonlar uchun ko‘plab attraktsionlar mavjud. Adrenalinni sevuvchilar uchun — ekstremal tebranishlar, bamperli avtomobillar, karting va yorqin tuyg‘ular va unutilmas taassurotlar bag‘ishlaydigan boshqa ko‘ngilochar o‘yingohlar. Bolalar va oilalar uchun esa karusellar, o‘yin maydonchalari sizni kutmoqda.
Har dam olish va bayram kunlari bog‘da madaniy hordiq chiqarish uchun o‘zbek estradasi yulduzlari ishtirokida konsert dasturlari tashkil etiladi.
Bundan tashqari, parkda kafe va restoranlar mavjud bo‘lib, ularda siz faol vaqtichog‘likdan so‘ng mazali ovqatlanishingiz yoki dam olishingiz mumkin.
Bizning ko‘ngilochar bog‘imiz barcha ehtiyot choralariga rioya qilgan holda tashrif buyuruvchilarning to‘liq xavfsizligi va himoyasini taʼminlaydi. Siz tashrif buyuruvchilarning xavfsizligi birinchi o‘rinda muhim bo‘lgan maskanda, yangi taassurotlardan bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Do‘stlaringiz yoki oilangiz davrasida unutilmas kunni, Ashxobod bog‘ida o‘tkazing!
8 99 637 38 88
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Mahtumquli ko‘chasining va Kichik xalqa yo‘lining kesishuvi.
10:00 22:00
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)