• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +45°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Turk aktyorlarining Toshkentdagi janjali, pichoqbozlik va oilaviy kelishmovchiliklar: 2022-yilda o‘zbek shou-biznesida kuzatilgan mojarolar (video)

    Omma uchun shou-biznes olamidagi yangiliklar hamisha qiziq. Ammo yangiliklarning bari ham ijod bilan bog‘liq bo‘lmaydi. San’at vakilining janjallashgani, oilasidagi muommoli vaziyat ham omma e’tiborida bo‘ladi. Hatto, shou-biznes vakillari orasida odamlar nazariga tushish uchun atayin “piar” uyushtiradiganlar ham ko‘plab topiladi. Xo‘sh, yakunlanayotgan yilda qaysi san’atkorlar muxlislar muhokamasiga sabab bo‘ldi?

    Hamkasbi tomonidan pichoqlangan aktyor

    Foto: Instagram / @_farhod_badalov_

    Foto: Instagram / @_farhod_badalov_

    Aslida, bunday nohushlik madaniyat vakillari orasida uchrashi achinarli hol. Insonlarga o‘rnak bo‘lishi kerak bo‘lgan madaniyat vakillari o‘rtasidagi pichoqbozlik ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Aktyor Farhod Badalov Madaniyat vazirligida ishlaydigan hamkasbi tomonidan pichoqlandi.Jinoyat 8-aprel kuni Olmazor tumani Taxtapul darvoza ko‘chasida joylashgan choyxonada sodir bo‘lgan. Madaniyat vazirligining sport targ‘ibot kasaba uyushmasining 38 yoshli raisi lavozimida ishlagan shaxs va hamkasbi taniqli aktyor va prodyuser Farhod Badalov ishtirokida janjal yuzaga kelgan va holat pichoqbozlik bilan yakunlangan. Ular choyxonaga Ramazon oyining yettinchi kuni iftorlik qilish uchun kelishgan bo‘lgan.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — Ishxonadagi tadbirlarni uyushtirib turardim. O‘sha vaqtda kimdir rahbariyatdan odam keldi, dedi. Kutib olgani chiqib ketayotganimda, u so‘kinib haqoratli gaplarni aytdi. “Nima qilayapsan, deb qaraganimda”, meni bir-ikki marta urib yubordi. Bo‘ylari baland bo‘lgani uchun o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. Kuchli ruhiy hayajonda qanday qilib pichoqni olib unga sanchib qo‘yganimni bilmay qoldim. Keyin bolalar kelib qoldi va uni davolatgani olib bordik. Menga uni o‘ldirib qo‘yding, deyishgandi. O‘sha paytda sochlarimga oq tushib ketdi. Ikki marta o‘z jonimga qasd qilishga harakat qildim, kameradoshlarim qutqarib qolishdi. Qilgan ishimdan pushaymonman. Turmada ko‘zim ochildi, — dedi sudlanuvchi sud zalida.Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi mazkur ishni ko‘rib chiqqan. Unda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, sudlanuvchi bu harakatlari bilan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) va 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1- qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan.

    Xonanda Ruxshonaning turmush o‘rtog‘i Sanjar Matkarimov bilan oilaviy mojarolari

    Xonanda Ruxshona turmush o‘rtog‘i klipmeyker Sanjar Matkarimov bilan ajrashgani va Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritgani ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    2022-yilning 27-may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida fuqaro Matkarimov Sanjarbekka nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

    Sudlanuvchi Matkarimov Sanjarbek turmush o‘rtog‘i Matkarimova Ruxshonaning uyali aloqa vositasiga kelgan xabar yuzasidan o‘zaro tortishib qolib, qo‘l va oyoqlari bilan uni urib, tepib, tan jarohatlari yetkazgan. Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, Matkarimova Ruxshonaga sog‘liqning qisqa muddatga buzilishiga olib keladigan yengil tan jarohatlari yetkazilgani aniqlangan.

    Shuningdek, u Matkarimova Ruxshonani sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan haqorat qilish, shaxsiy sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni uning roziligisiz qonunga xilof ravishda tarqatib, shaxsiy hayot daxlsizligini qasddan buzgan.

    Tayinlangan har xil turdagi jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan Sanjar Matkarimovga uzil-kesil o‘tashi uchun 2 yil-u 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

    Xonanda 8 yillik turmushidan ajrashgach, oradan ko‘p o‘tmay xorijlik inson bilan oila qurganini ma’lum qildi.

    Dildora Niyozova san’atdan ketishiga bir bahya qoldi

    Dildora Niyozova oilaviy sirlarni fosh etmaydigan va qadriyatlarga mustahkam amal qiladigan xonanda sanaladi. Afsuski, 2022-yilda u turmush o‘rtog‘i Latifjon Yunusov bilan jiddiy kelishmovchilikka borgandi. Er-xotin munosabatlarining sovuqlashgani ijtimoiy tarmoqlarda ham ko‘plab munozalarga sabab bo‘lgandi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Latifjon Yunusov o‘shanda xonandaning Instagram sahifasi orqali videomurojaat yo‘llab, rafiqasining islom yo‘lini tanlagani uchun san’atni tark etishi haqida ma’lumot qoldirgan edi.

    Oradan bir necha soat o‘tib, Dildora Niyozovaning o‘zi muxlislariga murojaat qilib, turmush o‘rtog‘i jahl ustida uning san’atdan ketishini e’lon qilgani, oldindan zaklad olingan to‘y xizmatlariga borishini aytgandi.

    — Har bir oilada o‘ziga yarasha sinovli kunlar bo‘ladi. Ammo san’atkor taniqli inson bo‘lgani uchungina uning shaxsiy hayotidagi ma’lumotlar keng tarqalib ketadi. Dunyoda urishmaydian er-xotin bormi? Turmush o‘rtog‘im haqiqatan rashkchi bo‘lib, sal gapim ham qattiq botadigan asabiy bo‘lib qoldi. Jahlda aql ketadi, deb bekorga aytishmaydi. Ayollar baribir og‘irroq bo‘lmasa, vaziyat butunlay izidan chiqib ketadi. Oilaning mustahkamligini saqlash oson emas. Erkak jahli chiqqanida tez qaror qilib qo‘yadi, — deydi Dildora Niyozova.

    Yil yakunida xonanda turmush o‘rtog‘i va qaynota-qaynonasi bilan birgalikda Umra safariga borib keldi.

    Yigitali va Muqaddasning oilasi uchun sinovli yil

    Foto: Instagram / @muqaddas_sadullaeva

    Foto: Instagram / @muqaddas_sadullaeva

    Aktrisa 2022-yilning avgust oyida turmush o‘rtog‘i, aktyor Yigitali Mamajonov bilan jiddiy kelishmovchilikka borgani va 5 yil davomida birga yashagan xonadonini tark etganini ma’lum qilgandi. Oradan uch oy o‘tib, u oilasi tiklanganini ma’lum qilgandi.

    — Alloh bergan sinovlardan ham shukrona bilan o‘tib olishlik, davomiy baxtning eshiklari ochilishiga sabab bo‘ladi, — deya Instagram sahifasiga turmush o‘rtog‘i bilan birga tushgan suratini joyladi aktrisa.

    Aktrisaning turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlari yaxshilangach, Umra safariga borib qaytishdi. Ayni kunda ular teleko‘rsatuvlardan biriga boshlovchilik ham qilishmoqda.

    Dilso‘zning oilasidagi sirlar oshkor bo‘ldi

    Foto: Instagram / @dilsoz_singer_new

    Foto: Instagram / @dilsoz_singer_new

    To‘rt farzandning ota-onasi bo‘lgan Dilso‘z va Farruh Raimovning oilasidagi kelishmovchilik ham bir muddat omma e’tiborida bo‘ldi. Avvaliga Farruh Raimov, undan keyin unga javoban Dilso‘z videomurojaat joylab, oilaviy sirlarini oshkor etishgandi.

    Oradan ko‘p o‘tmay Dilso‘z turmush o‘rtog‘i bilan kelishib olgani va jahl ustida u haqida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatgani uchun uzr so‘rab chiqdi. Muxlislar to‘rt nafar farzandning ota-onasi bo‘lgan taniqli juftlik oilasini saqlab qolganidan xursand bo‘ldi.

    — Sinovli kunlar boshimizga tushdi, unga ko‘z tegdi. Oxirgi paytlarda erimni menga yomon ko‘rsatmoqchi bo‘lganlar ko‘paydi. Balki ular oilamizning buzulishini istashgandir. Ajrashishimizni kutganlar, ovora bo‘lasizlar biz baxtli bo‘lamiz, — deya Instagram sahifasiga xabar qoldirdi xonanda Dilso‘z.

    Yil yakunida Dilso‘z turmush o‘rtog‘i bilan birga duet ijro etayotganini ma’lum qildi.

    Burak O‘zchivit va Nurgul Yeshilchay “yulduzlik kasali”ga uchraganmidi?

    15-sentabr kuni “O‘zbekiston” anjumanlar saroyida “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida “Turkiya kinosi kunlari”ning ochilish marosimi hamda kino ijodkorlar ishtirokida ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi. Afsuski, tadbir tushunmovchiliklar sabab, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

    — Turkiyadan tashrif buyurgan 9 ta aktyor sahnaga chiqib, tomoshabinlar bilan yuzma-yuz bo‘lishdi. Lekin o‘zbek “burakshunoslari” va Yashilchoy muxlislari tadbirni yarmini ularni kutib, ko‘chada o‘tkazishgani, boshlovchilar ikki qayta tantana bilan e’lon qilishsa-da, ular sahnaga chiqmadi. Va nihoyat Nurgul Yeshilchay sahnani bir burchagidan chiqib, o‘sha yerda qotdi. Hamyurt hamkasblariga nazar tashladi-yu, ikki qo‘lini cho‘ntagiga solib, g‘oz turib oldi. Uzatilgan mikrofonni ham qo‘liga olishni ep ko‘rmay, boshlovchining qo‘lidagi mikrofonga egilib, “Salom, yaxshimisizlar?” deb boshqa aktyorlar yoniga borib o‘tirmasdan, sahna ortiga o‘tib ketdi. Oybek Veysal o‘g‘li to‘qqizta aktyor bilan birma-bir samimiy suhbat qildi, lekin Yashilchoy qaytmadi. Burak-ku umuman ko‘rinmadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ko‘nglimning bir chekkasidan “U shunchalik mashhurmikan, to‘qqizta hamkasbini mensimadi-ya”, degan fikr o‘tdi. Sahnadagilarni sovg‘a-salomlar bilan o‘rinlariga kuzatib qo‘yishgachgina Nurgul sahnaga chiqib keldi va uning boshiga boshlovchining tojini kiydirib, endi shou boshlanayotgan edi, 58 yildan beri kino san’atiga halol xizmat qilib, sochi oqargan, o‘zining ta’biricha “podshodan qulgacha” barcha rollarni o‘ynagan Sevdar Go‘kxan sahnaga otilib chiqib, “Tomoshamizni buzdi deb mendan xafa bo‘lmang. Ming afsus, mana bu oyog‘i yerdan uzilgan ikki hamkasbimiz sahnada biz bilan birga o‘tirishdan or qildi, aslida ular bizning safimizda bo‘lishga noloyiq. Siz odamning qiyofasiga qarab baho bermang, uning kimligini xatti-harakatlari bildirib turadi. Biz ortiq bu ikkisining ahmoqona tomoshasini ko‘rib, haqoratni jimgina yutib keta olmaymiz. Biz bu yerni hoziroq tark etamiz”, —  deb to‘qqiz turk ijodkori bilan zalni tark etishdi. Ularning ortidan elchixona vakillari ham chiqib ketishdi va shu bilan bugungi tadbirning fayzini ham olib ketishdi, — dedi kinojurnalist Shoira Raufboyeva.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Turk kino kunlari yakunlanganidan so‘ng ko‘plab o‘zbek ijodkorlari ijtimoiy tarmoqlar orqali xorijlik aktyorlarga bo‘lgan munosabatdan hayron qolishgani, qiz va ayollar tomoshabinlar o‘zlarini noloyiq tutishganini tanqid qilishdi.

    Jonli efirdagi janjal

    “Zo‘rTV” boshlovchisi Tolibjon Isroilov jonli efirda xonanda Husan bilan gap talashib qolgani haqidagi video ijtimoiy tarmoqlarda ham ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Boshlovchi vaziyatni quyidagi izohladi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — Uni ko‘rsatuvga taklif etishgan ekan. Vaqti kelganida unga peshvoz chiqib, sahnaga taklif qilsam: “Nega men sizlarni shuncha kutishim kerak? Bu nimasi?” deb ko‘rsatuvga nisbatan hurmatsizlik qildi, — dedi Tolibjon Isroilov.

    Oradan bir kun o‘tib xonanda Husan boshlovchining fikriga e’tiroz bildirdi.

    — Aslida meni va Nurzida Isayevani 19:50 ga syomkaga chaqirishgandi. Nurzida singlimiz atayin 5 soat yo‘l bosib syomkaga kelgandi. Ammo ustozimiz Tolibjon aka atayin qildimi yoki boshqa mehmonlardan haq olgani uchunmi bizni taklif etmadi. 21:00 da tugaydigan ko‘rsatuvga 20:40 da taklif etganidan keyin jahlim chiqib ketdi, — deydi xonanda Husan.

    Hamkasblari haqida keskin gapirgan Nilufar Hamidova

    Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan aktrisa Nilufar Hamidova Instagram sahifasiga Barchin G‘ofurova bilan bayram syomkalarida tortishib qolgani haqida video joyladi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — Men aktrisalik faoliyatimni boshlaganimda Barchinoy G‘ofurova yo‘q edi. Bayram kuni hammaning oldida menga Rayhon degan aktrisa bilan hurmatsizlik qildi, — dedi aktrisa videoda.

    Oradan hech qancha vaqt o‘tmay Barchin G‘ofurova ham sahifasiga video joylab, vaziyat aslida qanday bo‘lganligini izohladi.

    — Nilufar opa gaplarini eshitib jahlim chiqdi. Oxiri javob video chiqarishga majbur bo‘ldim. U yerda vaziyat qanday bo‘lganligini hamma ko‘rdi. Opa o‘zini juda yomon tutdi, bitta mandarin uchun shunchalik past ketishini kutmagandim. Menimcha, u insonga ko‘proq piar kerak. Uni haqorat qilganim yo‘q, shunchaki qo‘lim bilan “jim turing” ishorasini qildim xolos. Yosh aktrisa ekan deb behurmatlik qilish kerak emas. Ozgina hurmat qilishni bilsin, — deydi aktrisa Barchin G‘ofurova.

    Mavzuga doir: Malibu oynasini sindirgan Durdona Qurbonova, Shohjahon Jo‘rayevdan ranjigan Dilfuza Ismoilova, Halima Ibragimovani “tepgan” Ahad Qayum. 2021-yilda internetda “shovqin ko‘targan” shou-biznes vakillari

    01.01.2023, 17:41   Izoh (0)   28904
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Akamning janozasi kuni beshta to‘y o‘tkazganman”. Yaqin insoni vafot etgan kunda ham kasbi taqоzo etadigan vazifasini ado etgan mashhurlar

    01.01.2023, 15:40

    Fanga bo‘ron kabi kirib, ancha-muncha erkaklarning popugini pasaytirib qo‘ygan olima. Mariya Skladovskaya-Kyuri hayoti davomida amal qilgan 10 saboq

    01.01.2023, 14:41

    Zamonamiz Zolushkasi: Bir vaqtlar Apple kompaniyasiga ishga olinmagan Iordaniya malikasi Raniya al-Abdulla hikoyasi

    01.01.2023, 13:37

    “Yashashni istamayman, kuchim yetmaydi”. “Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling” filmi yulduzi Barbara Brilskaga atalgan taqdirning ayanchli “hazillari”

    01.01.2023, 11:41

    Instagram: Onasiga syurpriz tayyorlagan Dili.me, o‘ziga Malibu sovg‘a qilgan “Aristokrat”chi Obidjon Nasriddinov, o‘zbek shou-biznes vakillarining bayram tabriklar...

    31.12.2022, 22:59

    2022-yilda farzandlarining to‘yini o‘tkazgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (foto, video)

    31.12.2022, 21:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent metrosining 13 ta bekatida kassalar yopildi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 13:51

    Rayan Reynolds, Natali Portman va shaxsiy sport jamoasiga ega bo‘lgan boshqa taniqli shaxslar

    Shou-biznes | 4 iyul, 13:47

    O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin sotmoqda — Xalqaro oltin kengashi

    Iqtisodiyot | 4 iyul, 13:44

    Oddiy qozonda tayyorlangan krem: kosmetika sohasida inqilob qilgan Este Lauder kim bo‘lgan?

    Shou-biznes | 4 iyul, 13:09

    “Liverpul” Jotaning 20-raqamini abadiy muzlatib qo‘ydi

    Sport | 4 iyul, 12:46

    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi

    Reklama | 4 iyul, 12:00

    “Rossiya Ukraina urushi maqsadlaridan chekinmaydi” — Putin

    Dunyo | 4 iyul, 12:34

    Instagram: Dilnoz Hakimovaning qiyofadoshi topildi, Sevara Nazarxon tabiatni asrashga chorladi, Toshkentdagi tadbirda xorijlik mashhurlar jamlandi

    Madaniyat | 4 iyul, 12:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.