“Daryo” internet-nashri Toshkent shahri hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi bilan birgalikda “Mahalla. Muammo. Mulohaza” loyihasini taqdim etib kelmoqda. Loyihaning 10-soni mavzusi “Axborot vositalari va davlat organlari munosabati” bo‘lib, dastur mehmoni sifatida bloger Umid G‘ofurov taklif etildi.
“Troll.uz” loyihasi asoschisi suhbat davomida matbuot xizmatlari faoliyatiga to‘xtalib, bu soha xodimlarini o‘qitish kerakligini aytdi.
Matbuot xizmatlari, afsuski, bizda o‘zi ishlaydigan joyning advokatiga aylanib qoldi. Har qanday vaziyatda o‘z ish beruvchisi tomonda bo‘ladi. Mantiqan to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, lekin matbuot kotibi bunaqa bo‘lishi kerak emas aslida.U, shuningdek, Uchtepa tumani hokimligi matbuot xizmati va jurnalist Aziza Qurbonova o‘rtasida yuzaga kelgan holatga ham to‘xtalib o‘tgan.Ya’ni, ma’lumotlarni to‘g‘ri so‘zlardan foydalanib to‘liq yetkazishi kerak. Ular esa “mana, aslida hokimiyat bunaqa-bunaqa ishlarni qilgan, sizlar aldayapsizlar” deydi, matbuot xizmati bunaqa qilishi kerakmas-da”, — deydi Umid G‘ofurov.
Uchtepa tumani hokimligining sahifasi orqali Aziza Qurbonovaga izoh qoldirilganini ko‘rgandirsiz. Tasavvur qilyapsizmi? Hokimiyat sahifasidan “Aziza Qurbonova, sizga yarashmaydi, bunday gaplarni gapirmang” deyapti-da. O‘zining qilayotgan ishlarini xalqning muammosidan ustun qo‘yyapti. To‘g‘ri, matbuot xizmatdagilar ishlamaydi demoqchi emasmiz, ular ishlaydi. Lekin ular shuni peshlayapti-da. O‘zi kim yozayotgani ham aniqmas, ismi ko‘rinmaydi. Mana muammo, — deydi bloger.Bundan tashqari, Umid G‘ofurov Andijon tumani sobiq hokimi Abdujabbor Egamberdiyev fuqarolarni qabul qilishda o‘zini munosib tutmagani holati bo‘yicha ham o‘z fikrlarini yoqyapti.
Matbuot xizmati rasmga olgan shuni, lekin buning xunukligini o‘zi tushunib yetmagan. Bu ish xato ko‘rinishini anglamagan. Balki o‘sha joyda hokim fuqarolarga iltifot ko‘rsatib gapirgandir, biz bilmaymiz, ko‘rmaganmiz-ku voqeani. Biz rasmni ko‘rdik, unda hokim o‘tiribdi “Shaytanat”dagi Asadbekka o‘xshab. Pastda esa “qullar”. Biz shu rasmni ko‘ramiz. Matbuot xizmatida shu jarayonni rasmga olgan odam bor — 1, rasmga logotipni qo‘ygan odam bor — 2, bu rasmga matn yozgan bor — 3, o‘shani hokimiyatning Telegram kanaliga joylagan odam bor — 4. 4 ta odamda ham saviya bo‘lmagan”, — deya fikrini izohlagan u.Umid G‘ofurovning aytishicha, matbuot kotiblar o‘zi ishlaydigan joyning himoyachisi bo‘lishi kerak emas. Barcha ma’lumotlarni boricha, to‘g‘ri so‘zlar, rasmlar bilan berishni o‘rganishi kerak. Buni esa o‘qitish kerak.
Ko‘rsatuvni to‘liq tarzda “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilish mumkin.