Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Argentina hujumchisi Lionel Messi Niderlandiyaga qarshi bahs bosh hakami Mateu Laosni tanqid qildi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Hakam Antonio Mateu Laos JCH—2022 chorak finalida 15 ta sariq kartochka ko‘rsatdi va mundial rekordini o‘rnatdi. Messidan tashqari Argentinaning yana 7 nafar futbolchisi sariq kartochka oldi.

“G‘azab juda ko‘p, menimcha, hammasi bunday tugamasligi kerak edi. Hakam haqida gapirishni istamayman. Agar xolis bo‘la olmasang, buning uchun seni jazolashadi.

O‘yin vaqti biz uchun dahshatli o‘tdi, chunki uning kimligini bilardim. FIFA vaziyatni ko‘rib chiqishi lozim. Darajasi to‘g‘ri kelmaydigan hakamni o‘yinga qo‘yish kerak emas”, — deydi Messi.

Argentina va Niderlandiya bahsining asosiy bo‘limlarida 2:2 hisobi qayd etildi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa darvozalar ishg‘ol etilmadi. Penaltilar seriyasida argentinaliklarning qo‘li baland keldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Entoni Joshuaning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Iqtisodiyot
Uzbekistan Airways Nyu-Yorkka parvozlar uchun 20 foizlik chegirma e’lon qildi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2023-yilda inflyatsiya 8,5—9,5 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda