Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha JCH—2022 chorak finalida Argentina 9-dekabr, juma kuni Niderlandiyaga qarshi bahs olib bordi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Uchrashuvning 35-daqiqasida Lionel Messining ajoyib uzatmasini Naule Molina golga aylantirdi. 73-daqiqada esa Messining o‘zi penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.

83-daqiqada Vout Vegorst hisobni qisqartirdi. O‘yin so‘ngida niderlandlar muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Bu safar ham Vegorst o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga yo‘l oldi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda gol urilmadi va jamoalar penaltilar seriyasida g‘olibni aniqlaydigan bo‘ldi. Penaltilar seriyasida esa Argentina 4:3 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi.

Final yo‘llanmasi uchun jamoa Xorvatiyaga qarshi bahs olib boradi.

JCH—2022

1/4 final bahsi

9-dekabr, juma

Niderlandiya — Argentina 2:2

Penaltilar seriyasi: 3:4

Gollar: 0:1 – 35 Molina, 0:2 – 73 Messi (penalti), 1:2 – 83 Vegorst, 2:2 — 90+11 Vegorst.

Niderlandiya: Noppert, Dumfris, van Deyk, Ake, Timber, Blind (de Yong, 64), de Ron (Kopmeyners, 46), de Yong, Depay (Vegorst, 78), Bergveyn (Bergeys, 46), Gakpo (Lang, 113).

Argentina: Martines, Molina (Montiel. 106), Otamendi, Romero (Pesselya, 78), Martines (Di Mariya, 116), Akunya (Talyafiko, 78), De Pol (Paredes, 66), Mak Allister, Fernandes, Messi, Alvares (Martines, 82).

Ogohlantirishlar: Timber (43), Akunya (43), Romero (45), Vegorst (45), Depay (76), Martines (76), Bergyus, (88), Paredes (89), van Deyk (90+4), Messi (90+11), Otamendi (90+12), Montiel (109), Pesselya (112), Dumfris (128), Lang (128).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi kuchli zilzila: Vayronalar ostidan odamlar qidirilmoqda — fotoreportaj