Xorvatiya terma jamoasi ustozi Zlatko Dalich JCH—2022 chorak finali Braziliyaga qarshi o‘yindan so‘ng (penaltilar seriyasida 4:2) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bu g‘alaba Xorvatiya xalqi uchun bag‘ishlanadi. Biz turnirning asosiy favoriti ustidan g‘alaba qozondik.
Bu — Xorvatiya! Bizga past baho bermang deb avval ham aytgandim. Shu bilan to‘xtab qolmaymiz, davom etamiz.
Barcha qo‘lidan kelgancha harakat qildi. Mening futbolchilarim aqldan ozgan”, — deydi Dalich.
Xorvatiya terma jamoasi penaltilar seriyasida Braziliyani mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Yarim finalda xorvatlarga Niderlandiya—Argentina juftligi g‘olibi raqib bo‘ladi.
Izoh (0)