Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Argus Media'ning 7-dekabrdagi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Urals neftining narxi bir barrel uchun 43,73 dollarni tashkil qildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Rossiya Yevropa bozorini boy berganidan so‘ng, Xitoy va Hindiston Uralning birinchi navbatdagi xaridorlari bo‘lib qolgan. Shuning uchun ham an’anaviy osiyolik yetkazib beruvchilar bilan raqobatlashish uchun Rossiya neftining narxini pasaytirish kerak.

Argus ma’lumotlariga ko‘ra, Sharqiy Sibirdan Osiyo bozorlariga kiruvchi ESPO nefti bir barreli uchun 68,72 dollardan sotilgan. 8-dekabr kuni Brent neftining bir barreli 78,50 dollarni tashkil qildi.

Argusda Yevropa, Afrika va Yaqin Sharq monitoringi uchun mas’ul bo‘lgan Maykl Karolanning so‘zlariga ko‘ra, narxlarning pasayishiga yuqori narx chegarasining joriy etilishi emas, balki Yevropa bozoridan uzilish ta’sir qilgan.

Urals’ning yaqin atrofda xaridorlari yo‘q, shuning uchun narxlar uzoqdan mijozlarni jalb qiladigan darajada bo‘lishi kerak, — deb tushuntirdi u.

Noyabr oyi oxirida Urals neftining narxi bir barrel uchun 52 dollardan pastga tushdi. 5-dekabrdan boshlab G7 davlatlari va YI tomonidan joriy qilingan Rossiya neftining barreliga 60 dollardan yuqori narx chegarasi ishlay boshladi.

Shu kuni Yevropa Ittifoqining Rossiyadan dengiz orqali xom neft yetkazib berishga qo‘ygan embargosi ham ​​kuchga kirdi.

Rossiya hukumati o‘z resurslari narxining yuqori chegarasini qabul qilmasligini vauni unga rioya qiladigan xaridorlarga neft yetkazib bermasligini bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2022-yilda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi
Dunyo
“Ikkinchi Chernobil” — Dunaydagi ekologik halokat, qimmatbaho kartinalar ortilgan Boeing’ning bedarak yo‘qolishi va Gandiga uyushtirilgan suiqasd. Kun xronologiyas...
Moliya
Chorva mollaridan avtomobilgacha: nega o‘zbekistonliklar o‘z jamg‘armalarini bankda saqlamaydi?