• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonning “xavfsizlik yostig‘i” yana ko‘paya boshladi

    2022-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 33,4 mlrd dollarni tashkil qildi. 

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

    Zaxiralar o‘tgan oyga nisbatan 1,1 mlrd dollarga ko‘paydi. Ular asosan oltin va xorijiy valyutadan iborat. Noyabr oyida valyuta zaxiralari kamaygan bo‘lsa-da, oltin zaxiralari keskin ko‘paygan:

    • valyuta — 357 mln dollarga kamaydi (umumiy 9,9 mlrd dollar);
    • oltin — 1,46 mlrd dollarga ko‘paydi (umumiy 22,46 mlrd dollar).

    Noyabrda oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket to‘rtinchi oy kamayganidan so‘ng ilk bor ko‘paydi. 

    Mamlakat oltin-valyuta zaxiralarining ko‘payishi global oltin narxlarining oshishi bilan izohlanadi. O‘zbekiston zaxiralarida taxminan 400 tonna oltin bor va oktabrga nisbatan o‘zgarmagan. 

    Avgust va sentabr oylarida bu ko‘rsatkich ko‘paygan bo‘lsa-da, narxlar pastligi tufayli zaxiralar ham kamaygan edi. Oktabr oyida narxlar ko‘tarila boshladi va zaxiralar ham 10 tonnaga oshdi. 

    Bloomberg e’lon qilgan maqolada ta’kidlanishicha, O‘zbekiston AQSH va Xitoy davlat qarzlarini sotib olish orqali zaxiralardagi oltin ulushini 50 foizdan pasaytirmoqchi edi. Buning o‘rniga mamlakat o‘zining 32 milliard dollarlik zaxiralaridagi qimmatbaho metall ulushini 65 foizga yetkazdi.

    “Biz G‘aznachilikka sarmoya kiritish haqida o‘yladik, lekin bozorning o‘zi bunga yo‘l qo‘ymadi”, — dedi O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev.

    Jahonda oltin narxi qanday?

    Sentabr oyining oxirida oltin narxi 2020-yil aprelidan beri birinchi marta bir troya unsiyasi uchun 1,63 ming dollargacha pasaygan edi. O‘shanda nafaqat oltin, balki boshqa qimmatbaho metallar ham AQSH Federal rezerv tizimining asosiy stavkani oshirishi fonida arzonlagan edi.

    Noyabr o‘rtasiga kelib esa oltin narxi ko‘tarila boshladi va uch oylik eng yuqori darajaga chiqdi — 1,78 ming dollargacha. Oltin narxi o‘sishining asosiy omili dollarning zaiflashishi hisoblanadi. 

    5-dekabr kuni global oltin narxlari to‘rt oylik eng yuqori darajaga ko‘tarildi — 1 822,9 dollar. 

    MarketWatch ta’kidlashicha, dekabr boshida eng faol sotilgan oltin fyucherslari iyun oyidan beri birinchi marta 200 kunlik o‘rtacha ko‘rsatkichdan oshib ketdi.

    Ayni paytda oltinning bir unsiyasi uchun narx 1 790 dollar atrofida shakllanmoqda.

    Oltin zaxiralari nima uchun kerak?

    Oddiy til bilan aytganda, bu sug‘urta, davlatning “xavfsizlik yostig‘i”. Zaxiralar dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida favqulodda vaziyatlar uchun mavjud.

    Zaxiralar odatda yuqori likvidli, ya’ni tez sotiladigan aktivlarda saqlanadi. Oltin va xorijiy valyuta ushbu talablarga javob beradi — ulardan istalgan vaqtda qarz to‘lash yoki investitsiyalar uchun foydalanish mumkin.

    2017-yilgacha O‘zbekiston zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamoatchilikka e’lon qilinmas edi. O‘sha yilning noyabr oyida zaxiralar 26 milliardni tashkil etishi ma’lum bo‘lgan. O‘shandan beri ular 10 mlrd dollargacha o‘sgan. Noyabrda zaxiralarning to‘rt oylik kamayishidan so‘ng yana o‘sish qayd etildi. 

    Zaxiralardan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin va o‘rni qanday to‘ldiriladi?

    Zaxiralardan turli mamlakatlarda turlicha foydalaniladi. Bu odatda to‘lov balansi taqchilligini moliyalashtirish, valyuta bozorida intervensiyalar o‘tkazish, milliy valyuta kursini ushlab turish, tashqi qarzlarni qoplash va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

    Zaxiralar mamlakatda qazib olingan oltin, xalqaro bozorga qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi, savdo balansi profitsiti va boshqalar hisobiga to‘ldiriladi.

    Masalan, O‘zbekistonda zaxiralar OKMK yoki NKMK tomonidan qazib olingan oltin hisobiga to‘ldiriladi. Oltin chetga sotilganda mamlakatdagi zaxiralar ham kamayadi. O‘zbekiston esa joriy yilning mart oyidan beri oltin sotmayapti. 

    33,4 mlrd dollar — bu ko‘pmi yoki kam?

    Boshqa mamlakatlar bilan taqqoslansa, unda Xitoy katta farq bilan birinchi o‘rinda — 3,1 trln dollar. Ikkinchi o‘rinda Yaponiya (1,23 trln dollar), uchinchi o‘rinda esa Shveysariya (841 mln dollar) turadi.

    So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shni mamlakatlar orasida Qozog‘iston zaxiralari 32,9 milliard dollarni, Tojikistonniki 2,7 milliard dollarni, Qirg‘izistonniki esa 2,5 milliard dollarni tashkil etadi.

    Rivojlanayotgan mamlakatlarga, shu jumladan, O‘zbekistonga ham xalqaro tashkilotlar uch oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli bo‘lgan zaxiralarni saqlashni tavsiya qiladi.

    33,4 mlrd dollar hozir O‘zbekistonga 13 oydan ortiq importni moliyalashtirish uchun yetarli. Bunday ko‘rsatkich ishonchli hisoblanadi.

    08.12.2022, 20:32   Izoh (0)   45863
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Suv toshqinlari sabab Pokiston O‘zbekistondan katta miqdorda piyoz sotib olmoqda

    08.12.2022, 18:56

    Turkiya Rossiyadan gaz ta’minoti uchun 25 foizlik chegirmaga erishmoqchi

    08.12.2022, 17:55

    O‘zbekistonda aholi jon boshiga YIMning o‘sishi sekinlashdi

    08.12.2022, 15:46

    Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda qanday barqaror o‘sishga erishish mumkin?

    07.12.2022, 23:56

    Ko‘tarilgan stavkalar global uy-joy narxlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilindi

    07.12.2022, 22:35

    O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilganlar soni e’lon qilindi. Ularning safiga qanday qo‘shilish mumkin?

    07.12.2022, 21:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qo‘qon shahrida aliment to‘lamay yurgan onadan qarzdorlik sud orqali undirildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:55

    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

    Reklama | 8 avgust, 18:00

    Tarvuz va qovun kabi poliz ekinlari kichik yoshdagi bolalar uchun qanchalik xavfli?

    Farzand | 8 avgust, 17:40

    Charlz Oliveyra Topuriya bilan jangdagi mag‘lubiyatini tan oldi: “U mendan yaxshiroq edi”

    Sport | 8 avgust, 17:30

    Xitoyda chivin tarqatayotgan virus Tayvanda ham aniqlandi

    Dunyo | 8 avgust, 17:20

    “Yig‘laganini ham eshitmabman”. Marg‘ilonda yosh bolani Gentra’da bosib ketgan haydovchiga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:08

    Oliygoh bitiruvchisini ishga olgan korxonaga imtiyozli kredit berilishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 17:05

    O‘zbekistonda beshta oliygohga kirolmagan talabgor oltinchisiga qabul qilinishi mumkin

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.