Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda dekabr boshidan buyodan kuzatilayotgan juda sovuq ob-havo havo kelayotgan hafta boshigacha saqlanib turadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, harorat anomaliyasi Shimoliy Yevrosiyoning deyarli barcha hududlarini egallagan juda kuchli antisiklon bilan bog‘liqdir. Bundan oldingi yillarda yanada ham kuchli sovuqlar kuzatilgan.

Toshkentda 1920-yilning dekabr oyi boshida harorat 20 darajagacha tushgan. Poytaxtda dekabr oyining mutlaq minimal harorati 29 daraja sovuqni tashkil etadi, haroratning bunday qiymati 1930-yil 20-dekabr kuni qayd etilgan.

Eng qattiq sovuqlar, odatdagidek, respublikaning shimoliy hududlarida kuzatildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida harorat kechalari 15-20 daraja sovuqqacha, ayrim shimoliy hududlarda esa 22-24 daraja sovuqqacha pasaydi. Bunday harorat dekabr uchun yangi rekordlarni o‘rnatmadi. Respublika shimolida eng sovuq yillarning dekabr oyida minimal harorat 27-30 daraja sovuqqacha pasaygan.

Prognozlarga ko‘ra, sovuq ob-havo kelasi hafta boshigacha saqlanib turadi. 9—12-dekabr kunlari respublika hududining katta qismida havo harorati kechalari 5-10 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq, shimolda kechalari 17-22 daraja sovuq, 9—10-dekabrda ba’zi joylarda 24 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 4-9 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi