Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zgidromet” yettita viloyat tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjudligidan ogohlantirdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qayd etilishicha, 10—14-dekabr kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning quyidagi tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud:

  • Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Qo‘shrabot, Nurobod, Samarqand, Urgut, Bulung‘ur tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumani va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘larida;
  • Namangan viloyati: Pop tumanida; Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida.
“Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: “O‘zgidromet” anomal sovuq ob-havo qachongacha saqlanib qolishini ma’lum qildi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi