G‘arb davlatlari Turkiyani neft yetkazib berishni to‘xtatganlikda ayblamoqda
G‘arb davlatlari Turkiyani Qora dengiz orqali neft yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yganlikda aybladi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
Nashr suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, tirbandlikda qolgan 20 ga yaqin tankerdan 19 tasi Qozog‘istondan neft olib ketmoqda. Biroq, na tankerlar, na ularning yuklari neft narxining yuqori chegarasiga aloqador emas va bu ularning sug‘urta holatida hech qanday o‘zgarish bo‘lmasligini ta’minlaydi. Neft yetkazib berishning kechikishi narx cheklovlari bilan emas, balki Anqaraning harakatlariga bog‘liq.
Turkiya qirg‘oqlari yaqinida neft tankerlaridan iborat tirbandlik yuzaga keldi
5-dekabr kuni kun davomida Turkiya hududiy suvlarida 19 ta neft tankerlaridan iborat tirbandlik yuzaga kelgan, kemalar Rossiya neftiga nisbatan narx chegarasi kuchga kirgach, Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozlari reydlarida langar tashlab to‘xtagan.
5-dekabr kuni joriy qilingan narx chegarasi Rossiya nefti ortilgan tankerlarga, agar neft qiymati 60 dollarlik narx chegarasidan yuqori bo‘lsa, ushbu tovarni G‘arbda sug‘urta qildirishni taqiqlaydi. Cheklovlar kiritilgach, Turkiya hukumati neft sug‘urta qilinganini isbotlovchi dalillarni taqdim etishni talab qila boshladi.
Turkiya qirg‘oqlari yaqinida turgan kemalardagi neftning katta qismi asli Qozog‘istondan kelgan. Qozog‘iston nefti Rossiyaga quvur orqali kelib tushadi va G‘arb sanksiyalari ta’siriga uchramaydi.
Mavzuga doir:
- Yaponiya Rossiya neft narxiga chegara qo‘yish qanday ta’sirga egaligini baholadi
- G‘arbning Rossiya neftiga qarshi sanksiyalari kuchga kirdi
- Rossiya Yevropa Ittifoqi joriy etgan neft narxi chegarasini qabul qilishdan bosh tortdi