Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘ztransgaz” Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi gaz zapravkalar ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilganini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, ob-havo sovib ketishi tufayli aholi, ijtimoiy soha obyektlarining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoji ortgani bois ularga tabiiy gaz yetkazib berish dolzarb hisoblanadi. Shuni inobatga olib, Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari 7-dekabr kuni soat 11:00 dan vaqtincha ish faoliyatini to‘xtatdi.

“Vaziyat izga tushgach, odatiy ish faoliyatiga qaytilishini ma’lum qilamiz. Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Bundan avval Toshkentda imkon qadar ko‘proq xonadonlarni gaz va issiqlik bilan ta’minlash maqsadida, jamoat transport vositalariga xizmat ko‘rsatadigan shoxobchalardan tashqari, qolgan barcha avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari vaqtinchalik yopilgandi.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov