Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

FIFA futbol bo‘yicha JCH—2026 formati bo‘yicha aniq bir to‘xtamga kelgani yo‘q.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2017-yil yanvar oyida FIFA kengashi Jahon Chempionati ishtirokchilari ro‘yxatini kengaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilganida, turnirda 16 ta guruh va ularning har birida uchtadan jamoa bo‘lishi haqida gapirgandi. Bunday formatda har bir guruhdan ikkitadan jamoa 1/16 finalga yo‘l olishi mumkin edi. Ammo bu holatda terma jamoalardan biri taqvimda ustunlikka erishgan bo‘lardi. Qolaversa, guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida to‘qnash keladigan ikki jamoa guruhdagi o‘rinlar taqsimotiga ta’sir o‘tkaza oladi degan xavotirlar ham yo‘q emasdi.

Shu sababli tashkilot turnirni o‘tkazish uchun uchta variantni ko‘rib chiqmoqda. Har bir guruhda uchta jamoadan iborat formatga qo‘shimcha ravishda 12 guruhga bo‘lingan 4 ta jamoadan iborat format ham ko‘rib chiqilmoqda. Bunday holatda uchinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi jamoalar ham pley-offga yo‘l oladi.

Yana bir sxema — Jahon Chempionati ishtirokchilarini ikki qismga bo‘lib, har biriga 24 tadan terma jamoa joylashtiriladi. Har bir qismda 4 ta terma jamoadan iborat 6 ta guruh bo‘ladi. Ikkala qism g‘oliblari finalga yo‘l oladi.

2026-yilgi Jahon Chempionatiga AQSH, Kanada va Meksika mamlakatlari mezbonlik qiladi. Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan ilk mundial bo‘ladi. Ayni vaqtda musobaqada 32 ta jamoa ishtirok etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Professional asarlardan tortib oddiy qoʻl telefonida olingan suratlargacha — fotorassomlarning hisobot koʻrgazmasiga fototashrif
Dunyo
Yerni kuchli va uzoq davom etadigan magnit bo‘ronlari qoplaydi
Dunyo
Daniyalik siyosatchi Rossiyaning Daniyadagi elchixonasi oldida yana Qur’onni yoqib yubordi. Ramzan Qodirov bunga munosabat bildirdi