Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida 2-dekabr soat 8:00 dan 3-dekabr soat 8:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida havo harorati -16,2 darajagacha sovuq bo‘ldi. Bu haqda “O‘zgidromet” mutaxassisi Erkin Abdulahatov xabar berdi.

Infografika: Telegram

Infografika: Telegram

Qayd etilishicha, Nukus kuzatuvlar tarixida aynan 3-dekabr sanasi uchun eng sovuq kun 1944-yil 3-dekabrda ro‘yxatga olingan. O‘shanda havo harorati -22 darajagacha pasaygan.

2-dekabr kuni esa O‘zbekistonda eng past havo harorati -18,9 daraja sovuqqacha pasaygan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 4-dekabr kuni kunduzi Buxoro va Navoiy, kunning ikkinchi yarmida Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyati hududlarida qor yog‘adi. Boshqa viloyatlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushadi.

Poytaxt Toshkentda kechga tomon qor yog‘ishi prognoz qilinmoqda. Harorat shimolda -20 darajaga sovuq, janubiy viloyatlarda +2 +7 daraja, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent va vodiy viloyatlarida +0 +5 daraja iliq bo‘lishi ma’lum qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov