Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha JCH—2022 3-turida G guruhining ikki o‘yini 2-dekabr, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Braziliya terma jamoasi Kamerun bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy daqiqalarida darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Hakam qo‘shib bergan daqiqalarda Vensan Abubakar hisobni ochdi. Abubakar golni nishonlash uchun libosini yechdi va ikkinchi sariq kartochkasini oldi. Qolgan daqiqalarda Kamerun bir kishi kam bo‘lib harakat qildi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Shveysariya Serbiyaga qarshi maydonga tushdi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Shveysariya safida Jerdan Shakiri, Bril Embolo, Remo Froyler gol mualliflariga aylandi. Serbiya tarkibida esa Aleksandr Mitrovich va Dushan Vlahovich o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa Braziliya 7 ochko bilan 1-o‘rinni egalladi. Shveysariya 6 ochko bilan 2-pog‘onani band etdi. Kamerun va Serbiya terma jamoalari musobaqani tark etdi.

JCH—2022

3-tur bahsi

2-dekabr, juma

Kamerun — Braziliya 1:0

Gol: 1:0 – 90+2 Abubakar.

Kamerun: Epassi, Fe, Eboss, Vu, Tolo, Kunde (Ntcham, 68), Zambo-Angissa, Ngamale (Ngom-Mbekeli, 86), Shupo-Moting, Abubakar, Mbemo (Toko-Ekambi, 64).

Braziliya: Ederson, Dani Alves, Militao, Bremer, Telles (Markinyos, 54), Fred (Bruno Gimaraes, 55), Fabinyo, Gabriel Jezus (Pedro, 64), Rodrigo (Everton Ribeyro, 55), Martinelli, Antoni (Rafin'ya, 79).

Ogohlantirishlar: Tolo (6), Militao (7), Kunde (28), Fe (32), Abubakar (81), Bruno Gimaraes (85).

Chetlatish: Abubakar (90).

Serbiya — Shveysariya 2:3

Gollar: 0:1 – 20 Shakiri, 1:1 – 26 Mitrovich, 2:1 – 35 Vlahovich, 2:2 – 44 Embolo, 2:3 – 48 Froyler.

Serbiya: Milinkovich-Savich, Velkovich (Gudel, 55), Milenkovich, Pavlovich, Kostich, Milinkovich-Savich (Maksimovich, 67), Lukich, Jivkovich (Radonich, 78), Tadich (Jurichich, 78), Mitrovich, Vlahovich (Yovich, 55).

Shveysariya: Kobel, Vidmer, Sher, Akanji, Rodriges, Okafor, Shakiri (Zakariya, 69), Jaka, Froyler, Sou (Fernandesh, 68), Vargas (Fassnaxt, 83), Embolo.

Ogohlantirishlar: Vidmer (15), Vargas (34), Milinkovich-Savich (47), Pavlovich (56), Raykovich (66), Gudel (81), Mitrovich (82), Jaka (90), Milenkovich (90).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Entoni Joshuaning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Iqtisodiyot
Uzbekistan Airways Nyu-Yorkka parvozlar uchun 20 foizlik chegirma e’lon qildi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2023-yilda inflyatsiya 8,5—9,5 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda