Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukrainaning uchta elchixonasiga tahdidlar va qandaydir qizil suyuqlikdan iborat bo‘lgan xatlar yuborilgan. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda hukumat ushbu hodisalarni tahlil qilmoqda. U tez orada rasmiy ma’lumotlarni oshkor etishga va’da berdi.

Dmitriy Kuleba

Dmitriy Kuleba
Foto: Reuters

“Xatlarda portlovchi qurilma emas, boshqacha modda bo‘lgan… Shunday deylik: ushbu konvertlar ichida Ukrainaga nisbatan ramziy tahdid bo‘lgan. Faqat shuni aytishim mumkinki, konvertlarning barchasi qabul qilingan vaqtda qizil suyuqlik bilan shimdirilgan bo‘lgan”, — dedi u “Rada” telekanali efirida.

Bunday xatlar Ukrainaning Madriddagi elchixonasidan tashqari, chet mamlakatlardagi yana ikkita vakolatxonasiga kelib tushgan. Voqealar 30-noyabr va 1-dekabr kunlari yuz bergan. Kuleba gap aynan qanday tahdidlar haqida borayotganiga va bunday xatlar yuborilgan elchixonalar qayerda joylashganiga aniqlik kiritmadi.

Jurnalistlarning Ispaniyadagi elchixonada sodir bo‘lgan portlash “terrorning yangicha shaklimi”? — qabilidagi savoliga Kuleba shunday javob berdi:

“Bu shubhasiz terrorning yangi shakli. Biz Ispaniya hukumati bilan buning ortida kim turganini aniqlash ustida faol ish olib boryapmiz. Bizda, albatta, buning ortida kim turgani bo‘yicha gumonlar bor, biroq bu kampaniyaga jalb etilgan agentlar va odamlarning butun tarmog‘ini aniqlash kerak”.

Elchixonalardagi hodisalar Ukrainaga qarshi “maqsadli keng ko‘lamli kampaniya”dan darak beradi, deb hisoblaydi Kuleba. U buning uchun javobgar bo‘lganlar jazo olishiga ishontirdi.

30-noyabr kuni Ukrainaning Madriddagi elchixonasida portlash sodir bo‘ldi, oqibatda xavfsizlik xizmati xodimi jarohatlandi. Portlovchi qurilma elchi Sergey Pogorelsevga yo‘llangan xat ichida bo‘lgan. U portlovchi qurilmadan iborat paket yuborilishi ortida Rossiya turganini taxmin qildi.

Bu hodisadan keyin Ispaniyada so‘nggi bir hafta ichida bombalar solingan xatlar bosh vazir Pedro Sanchesga, mamlakat Mudofaa vazirligiga, AQSHning Madriddagi elchixonasiga, Torrexon-de-Ardos shahridagi aviabazaga, shuningde, Kiyevga qurol yetkazib beruvchi Instalaza kompaniyasiga yuborilgani ma’lum bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi