Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyati Toshkent tumanining Qozog‘iston bilan chegaradosh hududlaridagi 48 ta turar va noturar joy obyektlari buzilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati hokimining “Toshkent tumani hududida davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida”gi, shuningdek, Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining tegishli qarorlari bilan Toshkent tumanining chegara hududida joylashgan 48 ta turar va noturar joy obyektlari buzilmoqda.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Chegarani mustahkamlash, muhofazasini ta’minlash maqsadida mazkur hududda muhandislik inshootlari, to‘siqlar, chegara yo‘llari, ko‘priklar va boshqa obyektlar bunyod etiladi.

Mulkdorlarga zararni qoplash maqsadida 66 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi