Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSHning Miluoki shtatida 10 yoshli bola Amazon’dan virtual garnitura xarid qilishiga qarshi chiqqan onasini otib o‘ldirdi. Bu haqda New York Post xabar berdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Hodisaning ertasiga bola onasining Amazon’dagi akkauntiga kirib, garnitura uchun buyurtma bergan. Bolaga nisbatan ehtiyotsizlikdan odam o‘ldirish bo‘yicha birinchi darajali ayblov qo‘yilgan. Hozirda u yoshi tufayli voyaga yetmaganlar izolyatorida saqlanmoqda.

U dastlab politsiyaga 21-noyabr mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da onasining yotoqxonasidan qurolni olib, yerto‘lada kir yuvayotgan onasining oldiga borganini aytgan. Bola o‘q otayotganda qurolni barmog‘i atrofida aylantirgan. U bu haqda politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan 26 yoshli opasiga aytib bergan. Ammo bir kundan keyin uning qarindoshlari rasmiylarga murojaat qilgan va bola politsiyaga onasiga ataylab qurol o‘qtalganini tan olgan.

Foto: Google Maps

Foto: Google Maps

Bolaning xolasi ertasi kuni uni o‘zi bilan olib ketayotganida jiyaning qo‘lida kalitlarni ko‘radi. Ulardan biri qurol saqlanadigan qutining kaliti bo‘ladi. Shunda ayol jiyanidan otishma haqida so‘raydi. Bola esa qurol o‘qtalganida onasi “Nega bunday qilyapsan? Qurolni tashla”, — deya gapirganini eslaydi.

Ta’kidlanishicha, onasining yuziga o‘q uzgandan so‘ng, ertasi kuni bola onasining Amazon akkauntiga kirib, Oculus virtual reallik garniturasini buyurtma qilgan va 7 yoshli amakivachchasiga ham hujum qilgan.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Bo‘lgan voqeadan, onamni o‘ldirganimdan afsusdaman”, — degan bola.

Xolasi jiyani bu so‘zlarni rahm-shafqatsiz va odatiy holda aytganini ta’kidlagan. Bolaning qarindoshlari uning xatti-harakati, jumladan, 4 yoshida kuchugiga ozor bergani haqida politsiyaga qo‘shimcha ma’lumot bergan. Bundan tashqari, bola olti oy oldin ichida yonuvchi suyuqlik bo‘lgan sharni yoqib, portlash sodir etgani aytilgan. Bola bu harakatlarining sababi sifatida xayoliy ovozlarni eshitgani bilan izohlagan.

Politsiya bolani yana so‘roq qilganda, u qurolni onasiga qaratgani va “qo‘rqitish” uchun devorga o‘q uzmoqchi bo‘lgani, biroq onasini otib qo‘yganini ta’kidlagan.

Bola tergovchilarga yarim avtomatik Glock 43 qurolini qulflangan qutidan olgani, chunki onasi uni ertalab 6:30 emas, balki 06:00 da uyg‘otgani hamda Amazon’dan xarid qilishiga ruxsat bermagani uchun uni otganini aytgan.

Bolaning advokati Anjela Kanningemga ko‘ra, u hali ham ish bo‘yicha ma’lumot to‘plamoqda.

“Bu oilaviy fojia. Menimcha, buni hech kim inkor etmaydi. Kattalar tizimi 10 yoshli bolaning ehtiyojlariga mutlaqo mos kelmaydi”, — deydi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?