Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkmanistondagi maktab bitiruvchilari oliy o‘quv yurtlari va o‘rta kasb-hunar ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun muddatli harbiy xizmatni kechiktirish huquqiga ega bo‘ladi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” xabar berdi.

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Mamlakat prezidenti Serdar Berdimuhamedov “Harbiy burch va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunga tegishli qo‘shimcha kiritdi. Turkmanistonda 18 yoshga to‘lgan yigitlar majburiy harbiy xizmatga chaqiriladi. Muddatli harbiy xizmat muddati ikki yil.

Eslatib o‘tamiz, Berdimuhamedov tomonidan 1-sentabr kuni imzolangan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunga ham “O‘rta maktabni bitirgan bolalarga bir martalik imkoniyat berish sharti bilan harbiy xizmat muddatini vaqtincha kechiktirish to‘g‘risida” o‘zgartirishlar kiritilgandi.

26-oktabr kuni Turkmaniston Kaspiy dengizi bo‘yida harbiy o‘quv mashqlarini o‘tkazdi. Serdar Berdimuahmedov qiruvchi, jangovar va yuk tashuvchi samolyotlarni ko‘zdan kechirdi. Mashqlar chog‘ida harbiylar yerga va kemalarga o‘rnatilgan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari yordamida havodagi nishonlarni urdi, Turkiyada ishlab chiqarilgan Bayraktar TB2 uchuvchisiz uchar qurilmasi, shuningdek, Emraer EMB Super Tucano vintli hujumchi samolyotlari va Aermacchi M-346 reaktiv samolyotlari yerdagi shartli dushman obyektlariga zarbalar berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?