Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xorvatiya prezidenti Zoran Milanovichning fikricha, Yevropa Ittifoqi o‘zining energiya bozorini yarata olmadi va endi AQSHdan gazni uch barobar qimmatroq sotib olishga majbur. Bu haqda Xorvatiya milliy HRT telekanali efiriga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: Azertac

Foto: Azertac

Hozirgi vaqtda va umuman olganda, energiya asosiy masala. Yevropa Ittifoqi uzoq vaqtdan beri qandaydir energiya bozorini yaratish haqida illyuziyalarga ega edi, ammo jiddiy harbiy amaliyotni hisobga olgan holda, AQSHdan gazni uch baravar qimmatroq narxda sotib oladi, — deydi Milanovich Zagrebdagi iqtisodiy forumning ochilishida.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va Rossiya “yengilmas kuchlar”dir, chunki ularda ma’lum texnologiyalar va ehtiyojlari uchun cheksiz miqdorda energiya mavjud. 

Milanovichning aytishicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSH prezidenti Jo Bayden bilan muzokaralarga kuchsizroq hamkor pozitsiyasida “tushunish va rahm-shafqat” so‘rash uchun borgan.

Yevropa Ittifoqi davlatlari 2021-yil dekabridan boshlab jahon bozorida gaz sotib oladigan va uni yevropalik iste’molchilarga yetkazib beruvchi konsorsium tuzishni rejalashtirmoqda.

 

Mavzuga doira: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi