Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kecha Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Vladimir Putin Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida uch tomonlama ittifoq tuzish zarurligi haqida gapirgani, Qozog‘iston tomoni bunga tayyor ekanini ma'lum qilgandi.

Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida qandaydir ittifoq tuzilishi haqidagi gaplar O‘zbekistonda turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Rossiyaning Interfax nashri ma’lumotlariga ko‘ra, bu yerda gap gaz sohasida hamkorlik masalasida ketmoqda.

Qozog‘iston va Rossiya prezidentlarining Kremlda bo‘lib o‘tgan muzokaralarida Rossiya gazini Qozog‘iston va O‘zbekiston orqali transportirovka qilishni muvofiqlashtirish maqsadida “uch tomonlama gaz ittifoqi”ni tashkil etish haqida so‘z borgan.

“Bu masalada qo'shimcha muvofiqlashtirish va hatto muzokaralarni talab qiladigan jihatlar mavjud. Xususan, gap gaz sohasi haqida ketmoqda. Ammo bu yerda biz hech qanday masalani dramatizatsiya qilmaymiz.

Men Vladimir Vladimirovichga (Putinga) aytdimki, bunday masalalar bor, ular muhokama qilishni talab qiladi, lekin mutlaqo dramatizatsiyasiz. Bu ish jarayonida hal qilinadigan masalalar”, - dedi To‘qayev Kremlda Rossiya-Qozog‘iston oliy darajadagi muzokaralaridan so‘ng Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan Polat Shamshetov tergov hibsxonasida vafot etdi
Dunyo
Turkiyada 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi
Dunyo
Moskva metrosidagi eng yirik terakt, Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilgan Gitler va 25 yoshida Britaniya taxtiga o‘tirgan Yelizaveta. Kun xronologiyasida 6-fevra...