• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?

    Hindistonlik investor Murali Lal Jalan “Kun.uz”ga bergan intervyusida Minerva City’ga yer ajratishda hokimliklar amaldagi tartibni buzgani sabab unga berilgan hudud “klassik” usulda – prokuror arizasi va sud qarori bilan tortib olinganini aytdi. Holat yuzasidan Toshkent shahri hokimligi munosabat bildirdi. Xususan, Murali Lal Jalan shahar hokimiga nisbatan aytgan gaplari huquqiy baho berilmagunga qadar davlat xizmatchisini obro‘sizlantirishga qaratilgan deb hisoblanishi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga ko‘rib chiqish uchun yuborilishi ta’kidlandi.

    Foto: Business India

    Foto: Business India

    Xo‘sh, “sirli odam” Murali Lal Jalan o‘zi kim?

    Murali Lal Jalan  — investor, multimilliarder va MJ Developers raisi.

    MJ Developers dunyoga mashhur korporatsiya bo‘lib, turli mamlakatlarda ko‘chmas mulk bitimlari bo‘yicha 15 yildan ortiq tajribaga ega. Kompaniya O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi, turizm sanoati va infratuzilmasiga sarmoya kiritish orqali ijobiy hissa qo‘shish imkoniyatini tan olgan.

    Biznes olamidagi ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, Murali Lal Jalan juda sirli odam. U boyliklarini qanday yaratishga muvaffaq bo‘lgani haqida ko‘p ma‘lumot keltirilmagan. Jalan hech qachon o‘zini yuqori tutmagan, ehtimol shu sababli Hindistondagi yoki chet eldagi biznes hamjamiyatlari orasida mashhur emas. U aviakompaniya sohasida mutlaqo tajribasiz, uning qanday qilib Jet Airways’ga aloqadorligi haqidagi ma’lumotlar ko‘p odamlarni chalkashtiradi. Quyida ma’lum bo‘lgan ba’zi faktlarni ko‘rib chiqamiz:

    Qog‘oz sanoati

    1980-yillarda Murali Lal Jalan o‘z faoliyatini qog‘oz sanoatiga kirishdan boshladi. U Kalkuttadagi oilasining qog‘oz savdosi biznesida faoliyat yuritdi. U, shuningdek, bir vaqtlar qog‘oz ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar bo‘lgan JK Paper va Ballarpur Industries uchun treyder (qimmatli qog‘ozlar bozorida daromad olishga intiladigan shaxs) bo‘lib ishladi. 2003-yilda u qog‘oz biznesini kengaytirmoqchi bo‘lgan va shu tariqa Kalkutta shahridagi Kanoi Paper and Industries kompaniyasini sotib olgan.

    Murali Lal Jalan kompaniya nomini Agio Paper deb o‘zgartirgan. Biroq 2010-yilda qog‘oz kompaniyasi ifloslanish bilan bog‘liq muammolar uchun davlat idoralarining tanqidiga duch kelgan. Shundan so‘ng Agio Paper ishlab chiqarish faoliyati to‘xtatilgan. Investorning butun faoliyati, diqqat-e’tibori qog‘oz sanoatiga qaratilgan bo‘lsa-da, u yaxshi yakunlanmagan.

    Sog‘liqni saqlash sohasi

    Uning qog‘oz kompaniyasiga norozilik bildirganidan so‘ng, Jalan ko‘chmas mulk va sog‘liqni saqlash sohasiga e’tibor qaratdi. 2015-yilda u doktor Naresh Trehan va Associates Health Services’ga murojaat qildi. Keyin u kompaniyaning ulushini ikkilamchi sotish yo‘li bilan 75 million rupiyga sotib oldi. Ikkilamchi sotuv Jalanning mavjud aksiyadordan aksiyalarni sotib olganini anglatadi. Bu vaqtda doktor Trehanning Medanta kasalxonasi Jalan yordamida Dubayda shifoxona ochishni rejalashtirgan. Afsuski, bu reja amalga oshirilmadi.

    Jalan ishlashda davom etgan va biznesni kengaytirish haqidagi tasavvurini mustahkamlay boshlagan. O‘z shifoxonasini BAAga ko‘chirgach, u tezda ko‘chmas mulk, tog‘-kon sanoati, iste’mol tovarlari va qurilish kabi sohalarga qiziqdi. Sony, Panasonic va Konica kabi taniqli kompaniyalarning fotografik va iste’mol mahsulotlarini sotuvchi va tarqatuvchi Agio Image guruhining raisi bo‘ldi.

    O‘zbekistondagi loyihalar

    U MJ Developers ko‘chmas mulkni rivojlantirish kompaniyasini yaratdi. Kompaniyaning shtab-kvartirasi Dubayda joylashgan, biroq uning asosiy korxonalari Rossiya, Braziliya va Hindiston kabi mamlakatlarni qamrab oladi. MJ Developers hozirda O‘zbekistonda turar joy va tijorat mulklarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Jalan farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, avtomobilsozlik va axborot texnologiyalari sohalarida sarmoyaviy imkoniyatlar mamlakati sifatida atalgan Namangan shahrining rivojlanishiga ham o‘z hissasini qo‘shmoqda. Turli xabarlarda u O‘zbekistondagi ushbu loyihalar orqali o‘z biznes mavqeyini oshirishga muvaffaq bo‘lganini ta’kidlanadi.

    Qarindoshlar bilan hamkorlik

    Jalanning Patanjali India Distribution Ltd kompaniyasini yaratish uchun qarindoshlari bilan hamkorlik qilgani ham qiziq. Hindiston Korporativ ishlar vazirligining ba’zi hujjatlarida ushbu kompaniya sut savdosi, eksporti, tarqatish va sotish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgani, mahsulotlar ro‘yxatida dorivor o‘tlar va kosmetika ham mavjudligi keltirilgan. Ushbu da’volarga qaramay, kompaniya hech qachon ochilmagan.

    Aviakompaniya sanoatiga kirish

    Ko‘pgina aviakompaniyalar Covid-19 pandemiyasi tufayli katta yo‘qotishlarni boshdan kechirgan bir paytda Kalrock Group va Murali Lal Jalan birgalikda muammoli aviakompaniyani — Jet Airways’ni qayta tiklashni rejalashtirdi. Jet Airways’ni qayta tiklash taklifi orqali Jalan birinchi marta aviakompaniya sohasida o‘z tashabbusini boshlaydi.

    “Jet Airways — boy merosga ega mashhur Hindiston aviatsiya kompaniyasi”, — degan Jalan.

    Shuni ta’kidlash kerakki, Jalanning ushbu sohada tajribasi yo‘q. Biroq Kalrokning boshqaruv jamoasi o‘tgan tranzaksiyalar orqali yuk va logistikani boshqarishda katta tajribasi bor. Ular Jet Airways kompaniyasini keyingi bosqichga olib chiqish bo‘yicha katta rejalarga ega. Murali Lal Jalanning aviatsiya sanoatiga kirib kelishini uning imperiyasining kengayishini tezlashtirish rejasining bir qismi sifatida ko‘rish mumkin.

    29.11.2022, 00:48   Izoh (0)   22401
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya Ukrainaga urush boshlanganidan buyon qancha raketa uchirgani hisoblandi

    28.11.2022, 23:45

    Eron Isroilga qarshi urushda nishonga oladigan obyektlar ro‘yxati e’lon qilindi

    28.11.2022, 22:46

    Ozarbayjon Armanistonga tinchlik shartnomasi bo‘yicha takliflar berdi

    28.11.2022, 22:23

    “Daryo” kundaligida 28-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    28.11.2022, 22:00

    Ukrainaning g‘alabasi AQSH uchun muammoga aylanishi mumkin — WP

    28.11.2022, 21:19

    JSST maymunchechak nomini rasman o‘zgartirdi

    28.11.2022, 20:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    American University of Technology (AUT) Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” Xabi Alonso bilan 3 yillik shartnoma imzoladi — manba

    Sport | 12 may, 17:16

    Olimlar koinot tugashiga qancha qolganini hisoblab chiqdi

    Dunyo | 12 may, 17:15

    Maxachkala—Toshkent bo‘yicha parvozlar bir oy davomida kechikishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 may, 17:00

    Qatar elchixonasi Trampga “uchar saroy” sovg‘a qilinishiga munosabat bildirdi

    Dunyo | 12 may, 16:50

    Kredit va qarzlar aslida ruhiyatingizga qanday taʼsir qiladi?

    Layfstayl | 12 may, 16:40

    BAAda “sun’iy intellekt” fani joriy etiladi

    Dunyo | 12 may, 16:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.