Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Portugaliya terma jamoasi JCH—2022 2-turida Urugvay ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

54-daqiqada Portugaliya hisobni ochdi. Dastlab gol hujumchi Krishtianu Ronaldu hisobiga yozildi. Keyinchalik esa 37 yoshli futbolchi to‘pga tegmagani aniqlandi va gol Brunu Fernandeshga yozildi.

Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) FIFAga birinchi golni Ronaldu urganini isbotlovchi dalillarni topshirishga qaror qildi.

Ronalduning o‘zi ham ushbu gol unga tegishliliga ishonmoqda.

O Jogo nashrining xabariga ko‘ra, final hushtagi chalinganidan so‘ng teletranslyatsiyalarga Krishtianuning “Tegingandim. To‘p menga tegib darvozaga kirdi”, — degan gaplari tushib qolgan.

Portugaliyalik hujumchi JCH—2022 da bitta golga mualliflik qilgan. Mundiallardagi jami gollari soni esa 8 taga yetgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan Polat Shamshetov tergov hibsxonasida vafot etdi
Dunyo
Turkiyada 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi
Dunyo
Moskva metrosidagi eng yirik terakt, Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilgan Gitler va 25 yoshida Britaniya taxtiga o‘tirgan Yelizaveta. Kun xronologiyasida 6-fevra...