Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, himoya qilish va ularni qiynayotgan muammolarni hal qilish hamda jamiyatda ayollarning nufuzini yanada oshirish bo‘yicha qator chora- tadbirlar ko‘rilmoqda.

Xususan, Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar uyushmasi va “Hunarmand” uyushmalari tashkil qilinib, xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish, hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, biznes loyihalarini ishlab chiqishga o‘rgatish, ularga biznesga oid namunaviy rejalarni ishlab chiqish va kredit olishda ko‘maklashish, kredit ajratilgandan so‘ng xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish borasida joylarda qator amaliy yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda.

Mazkur jarayonlarda MKBank qanchalik faol va ular qanday xizmatlarni taklif etishmoqda? Bugun shu haqida ma’lumot berishga harakat qilamiz.

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etilgan. “Mikrokreditbank” o‘z faoliyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab quvvatlash, hunarmandchilik, ayollar va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash hisoblanadi.

Bank Boshqaruvi tomonidan 2020-2022-yillar davomida bankning barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish va raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida bankning asosiy ko‘rsatkichlari yuqori darajada o‘sish tendensiyasiga ega bo‘ldi. Xususan, o‘tgan ushbu davr mobaynida, jami kapital 2,3 barobarga yoki 2,1 trln. so‘mga oshib, 3,7 trln. so‘mni tashkil qildi. Natijada, asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Mikrokreditbank respublika banklari orasida 2020-yilgi 12 o‘rindan 8 o‘ringa ko‘tarildi.

Tadbirkor ayollarga bank xizmatlari berilishiga doir me’yoriy hujjatlar.

• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-55-sonli Qarori;

• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli Farmoni;

• Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-sonli Qarorlari asosida xotin-qizlarga bank tomonidan xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Joriy yilda mazkur hujjatlar asosida amalga oshirilgan amaliy ishlar.

Bank tomonidan 2022-yil 10 oyi davomida tadbirkor ayollarga 27 671 ta kreditlar ajratilgan, uning umumiy qiymati 1 032 586,1 mln so‘mni tashkil etib, bu orqali jami 28 249 ta ishchi o‘rni yaratildi. Tadbirkor ayollarga asosan, kasanachilik, kichik va o‘rta biznes sohalari bo‘yicha www.oilakredit.uz electron platformasi orqali kreditlar ajratilmoqda. Yil yakuniga qadar xotin-qizlarning biznes g‘oyalarini moliyalashtirish uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida qo‘shimcha 350 mlrd.so‘mdan ortiq kredit ajratilishi rejalashtirilgan.

MKBank xizmatlari qayerlarda ko‘rsatiladi?

• Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri markazida 14 ta hududiy filial;

• Tumanlar miqyosida: 65 ta bank filiallari, 6 ta bank xizmatlari ofislari, 85 ta bank xizmatlari markazlari hamda bankning electron ilovasi orqali zamonaviy bank xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

Nega MKBankni tanlashingiz kerak?

• Bank strukturasida alohida Ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tarkibiy bo‘linma joriy etildi;

• “Mahallabay” va “fuqarobay” ishlash tizimi asosida ishsiz ayollarni tadbirkorlikka jalb qilishni yo‘lga qo‘yuvchi “Bank agenti” tizimi yaratildi;

• “Mahallabay” va “fuqarobay” ishlash tizimi asosida ishsiz ayollarni tadbirkorlikka jalb qilishni yo‘lga qo‘yuvchi “Bank agenti” tizimi yaratildi;

• Hududlar ixtisoslashuvidan kelib chiqib, istiqbolli biznes loyihalarni tuzishda ko‘maklashish va o‘rgatish;

• “Ayollar daftari”ga kiritilgan va tadbirkorlik qilish istagidagi xotin-qizlar bilan “manzilli ishlash” samarali tashkil etilgan.

Ushbu imkoniyat va xizmatlar sizda qiziqish uyg‘otdimi unda MKBank va uning hududiy filiallariga uyingizdan chiqmagan holda murojaat eting, Bank xodimlari sizga bank xizmatlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etishadi.

Bosh ofis manzili: 100096, Toshkent shahri, Lutfiy ko‘chasi 14-uy.

Call-markaz: 1285 va +998 55 503-63-63

Veb-sayt: https://www.mkbank.uz/

Telegram: https://t.me/mikrokreditbank

Facebook: https://www.facebook.com/mkban...

Instagram: https://www.instagram.com/mkba...

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi