Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yevropada energiya uchun kamroq pul to‘lash maqsadida janubroqqa ko‘chayotganlar — “energiya muhojirlari” paydo bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Germaniya va Gollandiyadan Ispaniya, Gretsiya va Portugaliyada uy-joy qidirish bo‘yicha so‘rovlar yiliga mos ravishda 36 foiz, 13 foiz va 3 foizga oshgan.

Germaniya va Skandinaviya aholisi ikki yoki uch oy uchun kvartira bron qiladi, — deydi Ispaniyaning Melia mehmonxonalar tarmog‘i rahbari Gabriel Eskarrer. 

Ispaniyaning Gran Kanariya orolida joylashgan nemis maktabiga xorijlik talabalardan 40 ta ariza kelib tushgan, bu avvalgi yillarga qaraganda ko‘proq. 

Kanar orollaridagi hamkorlik uyushmasi Repeople’ning ta’kidlashicha, mulklarning 80 foizi qish oxirigacha bron qilingan.

Aviakompaniyalar ham yevropaliklarning janubga ommaviy ko‘chib o‘tishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda: Germaniya va Kanar orollari o‘rtasida parvozlarni amalga oshiruvchi TUI Fly reyslar sonini taxminan 10 foizga oshirishini ma’lum qilgan. 

Kanar orollari sayyohlik idorasi ham reyslardagi o‘rindiqlar sonini o‘tgan yilga nisbatan uchdan bir qismga oshirayotganini ta’kidlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Entoni Joshuaning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Iqtisodiyot
Uzbekistan Airways Nyu-Yorkka parvozlar uchun 20 foizlik chegirma e’lon qildi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2023-yilda inflyatsiya 8,5—9,5 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda