Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaqinda bankrot bo‘lgan kriptovalyuta birjasi — FTX bilan yaqindan ishlagan AQSHning yirik kriptovalyuta birjasi BlockFi ham bankrotlik to‘g‘risida ariza berdi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

Foto: Zuma Press

Foto: Zuma Press

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, BlockFi kriptovalyutalarda taxminan 14 dan 20 milliard dollargacha bo‘lgan foydalanuvchi depozitlarini to‘plagan va ular tomonidan kafolatlangan 7,5 milliard dollarlik kreditlarni bergan. Birja FTXdan mablag‘ni faol jalb qilgan, ular hatto bir nuqtada BlockFi’ni sotib olish imkoniyatini ham ko‘rib chiqqan.

AQSH kriptovalyuta bozori FTX bankrotligi e’lon qilinganidan so‘ng beqarorlik davrini boshdan kechirishda davom etmoqda. 

Avvalroq Bloomberg Genesis kriptovalyuta birjasi bankrotlik yoqasida ekanligi haqida xabar bergan edi. 4-noyabr kuni FTX Twitter’da bankrotlik to‘g‘risida ariza berganini e’lon qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Entoni Joshuaning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Iqtisodiyot
Uzbekistan Airways Nyu-Yorkka parvozlar uchun 20 foizlik chegirma e’lon qildi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2023-yilda inflyatsiya 8,5—9,5 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda