Daryo

Kriptovalyuta birjasi FTX kreditorlardan 3,1 milliard dollar qarzdor ekani aniqlandi

FTX advokatlariga ko‘ra, birjaning turli tashkilotlarida bir milliondan ortiq kreditorlar bo‘lishi mumkin

1 daqiqa o‘qish38 931 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Kriptovalyuta birjasi FTX eng yirik 50 kreditordan 3,1 milliard dollar qarzdor. Bu haqda bankrotlik sudiga taqdim etilgan kompaniya hujjatlariga tayanib MarketWatch xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Hujjatda kreditorlar nomi ko‘rsatilmagan, ammo ular mijozlar sifatida ko‘rsatilgan. Lekin kompaniya ismi keltirilgan ikki kreditorning har biridan 200 million dollardan ortiq qarz.

FTX advokatlariga ko‘ra, birjaning turli tashkilotlarida bir milliondan ortiq kreditorlar bo‘lishi mumkin.

11-noyabrda Bagama orollarida ro‘yxatga olingan FTX kriptovalyuta birjasining operatori FTX Group biznesni qayta tashkil etish imkonini beruvchi 11-bob bo‘yicha bankrotlik to‘g‘risida ariza bergan.

Kompaniyaning Twitter sahifasida e’lon qilingan bayonotida FTX Group bosh direktori Sem Bankmen Frid iste’foga chiqqani ham e’lon qilingan. Uning o‘rnini bu lavozimda Jon Rey III egallagan.

Avvalroq FTX kriptobirjasi atrofida likvidlik muammolari tufayli mojaro kelib chiqqandi. Buning ortidan bitkoin 15,6 ming dollargacha pasayib ketgan.

FTX kriptobirjasining o‘zi bir necha kun ichida 32 milliard dollarlik tuzilmadan bankrotlik yoqasiga kelib qoldi.

Mavzuga doir: 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar