Daryo

FTX kriptobirjasi operatori bankrotlik to‘g‘risida ariza topshirdi

FTX kriptobirjasi bir necha kun ichida 32 milliard dollarlik tuzilmadan bankrotlik yoqasiga kelib qoldi

1 daqiqa o‘qish35 364 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: The Block

Bagama orollarida ro‘yxatga olingan FTX kriptovalyuta birjasining operatori FTX Group biznesni qayta tashkil etish imkonini beruvchi 11-bob bo‘yicha bankrotlik to‘g‘risida ariza berdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda. 

Foto: The Block

Kompaniyaning Twitter sahifasida e’lon qilingan bayonotida FTX Group bosh direktori Sem Bankmen Frid iste’foga chiqqani ham e’lon qilingan. Uning o‘rnini bu lavozimda Jon Rey III egallaydi.

Avvalroq FTX kriptobirjasi atrofida likvidlik muammolari tufayli mojaro kelib chiqqandi. Buning ortidan bitkoin 15,6 ming dollargacha pasayib ketgan. 

FTX kriptobirjasining o‘zi bir necha kun ichida 32 milliard dollarlik tuzilmadan bankrotlik yoqasiga kelib qoldi. 

11-noyabr kuni Bagama orollari qimmatli qog‘ozlar komissiyasi FTX operatorining aktivlarini muzlatib qo‘ydi va buni aktivlarni saqlab qolish hamda birjani barqarorlashtirish zarurati bilan asosladi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar