Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukrainaning frontdagi g‘alabasi AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati uchun muammoga aylanishi mumkin. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Nashrda keltirilgan maqolaga ko‘ra, Bayden ma’muriyati hozirda bir qator savollarga javob topishga harakat qilmoqda: Ukraina Rossiya bilan muzokaralarga kirishishi kerakmi? Ukraina harbiylari oldinga siljiyaptimi yoki boshi berk ko‘chaga kirib qolganmi? Mojaroning avj olish ehtimoli qanchalik katta?

Ukraina harbiylari Rossiyaga qarshi urushda Xersonni ozod qilganidan keyin Jo Bayden ma’muriyati Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazish zarurati haqidagi savolga noaniq munosabatda bo‘lgan. AQSH generali Mark Milliy Kiyev mojaroni hal qilishga intilishi kerakligini aytgan. Jo Baydenning o‘zi “Kiyevsiz Ukraina haqida hech narsa deb bo‘lmasligini” ta’kidlagan.

Bunday qarama-qarshi fikrlarni Oq uy hozirda Ukrainadagi urush bilan bog‘liq bir qator muhim muammolarga duch kelayotgani bilan izohlash mumkin. Misol uchun, ma’muriyat Ukraina armiyasining g‘alabalaridan keyin nima bo‘lishini aniqlashga harakat qilmoqda. Ukraina viloyat markazidan olib chiqilgan Rossiya qo‘shinlari frontning boshqa sohalarida yangi hujumlarga tayyorlanishi mumkin. Boshqa tomondan, jangdan charchagan Ukraina harbiylari ham dam olishga muhtoj.

Maqola muallifining so‘zlariga ko‘ra, Bayden ma’muriyati mojaroning avj olishi ehtimolini aniqlashga harakat qilmoqda. Rossiya rahbari Vladimir Putin o‘zi bosib olgan beshta Ukraina hududini saqlab qolish uchun yadro qurolidan foydalanish bilan tahdid qilgandi. Biroq Kiyev sharqiy Ukraina va Xersonni ozod qilish orqali Kremlning “qizil chiziqlari”ni allaqachon kesib o‘tgan.

Shu bilan birga, Qrim yarimorolining o‘zi ham Putinning “Rossiyaning tiklanishi” haqidagi hikoyasida alohida o‘rin tutadi. Aynan uning qo‘ldan boy berilishi Kreml rahbarining siyosiy obro‘siga putur yetkazishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, Bayden jamoasi diplomatiya mutlaqo imkonsiz bo‘lgan ssenariylardan qochishga intiladi.

“Agar Ukraina urushda g‘alaba qozonishi uchun zarur yordamga muhtoj bo‘lsa, urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarga ochiq ekanini ko‘rsatishi kerak”, deb yozadi muallif.

Maqolada xulosa qilinishicha, Ukrainadagi urush AQSH uchun strategik muvaffaqiyat bo‘ldi, deb hisoblash mumkin, chunki “Rossiya armiyasi xarob bo‘lmoqda”.

Mavzuga doir: Rossiya oldinga siljishga urinmoqda, Ukraina qo‘shinlarida yo‘qotish katta. NYT Baxmut yaqinidagi shiddatli janglar haqida maqola e’lon qildi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?