Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya harbiylari 9 oy davomida Ukrainaga 16 000 dan ortiq raketa zarbalari berdi. Bu haqda mudofaa vaziri Aleksey Reznikov Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Raketalarning 12 mingtasi shahar atrofi va qishloq joylariga kelib tushgan, bu harbiy obyektlarning nishonga olinishiga nisbatan 24 barobar ko‘pdir. Vazir Rossiya nishonlarining 97 foizi fuqarolik obyektlariga qaratilganini qayd etgan. Jumladan, quyidagi obyektlar nishonga olingan:

  • shahar atrofi va qishloq joylari 12 mingdan ortiq;
  • turar-joy binolari 1 900 marta;
  • harbiy obyektlar 500 dan ortiq;
  • transport infratuzilmasi obyektlari 250 dan ortiq;
  • energiya infratuzilmasi obyektlari taxminan 220 marta;
  • boshqa obyektlar esa 800 marta nishonga olingan.
“Biz terrorchi davlatga qarshi kurashyapmiz. Ukraina g‘alaba qozonadi va harbiy jinoyatchilarni javobgarlikka tortadi”, — deb yozadi Reznikov tvitida.

The Guardian nashri 26-noyabr kuni e’lon qilgan maqolasida Rossiyaning raketa zarbalari oqibatida yadroviy falokat yuzaga kelishi haqida ogohlantirgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Ota bolasini, aka ukasini tanimaydi, chang-to‘zon, terlab-pishib har kim uloqni taqimiga bosish qayg‘usida” — Piskentdagi koʻpkaridan fotoreportaj
Mahalliy
O‘rta Chirchiqda 400 nafar o‘quvchi maktab binosi olib qo‘yilgani sabab darsga borolmayotgani xabar berildi. Zoir Mirzayev holatga eʼtibor qaratdi
Mahalliy
Turkiyadagi dahshatli zilzilada 3 419 kishi halok boʻldi — voqea tafsilotlari (video)