Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 21—27-noyabr kunlari O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining barcha savdo platformalarida 2,5 trln so‘mlik tovarlar sotilgan. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Foto: “Daryo” / Munojot Adilova

Foto: “Daryo” / Munojot Adilova

Mazkur ko‘rsatkich avvalgi haftaga nisbatan 8,6 foizga ko‘pdir. Bunda sotuvlarning: 

  • 82,1 foizi — birja savdolari; 
  • 0,2 foizi — ko‘rgazma-yarmarka savdolari; 
  • 17,5 foizi — elektron davlat xaridlari; 
  • 0,2 foizi — avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 598,4 mlrd so‘mni tashkil qildi. 

Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida budjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 87,4 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 2 429 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 6,1 mlrd so‘mni tashkil qildi. 

Savdolar natijasida bitimlarning: 

  • 3,5 foizi birinchi toifadagi; 
  • 7,2 foizi ikkinchi; 
  • 7,1 foizi uchinchi; 
  • 11 foizi to‘rtinchi; 
  • 23,3 foizi beshinchi; 
  • 48 foizi oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2,1 trln so‘mlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qo‘ydi.

Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 12 ming tonna shakar qo‘yildi va barchasi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 287 xaridor ishtirok etdi.

O‘tgan haftada shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 10,5 mln so‘mdan 10,1 mln so‘mgacha pasaygan. 

Birjaning suyultirilgan gaz bozorida ham narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 5,6 ming tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va 5 475 tonnasi ya’ni 98 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 166 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3,9 mln so‘mdan 3,6 mln so‘mgacha pasaygan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi