Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Urganch shahrida bir nechta mashinalar yonib ketgani aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Xorazm viloyati FVB matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Unga ko‘ra, 27-noyabr kuni soat 06:01 larda Urganch shahar Al-Xorazmiy ko‘chasida joylashgan avtoturargohda Bog‘ot tumanida yashovchi fuqaro E.S.ga tegishli Malibu avtomashinasi motor qismi, ikki old shinasi, qisman salon qismi yongan. Shuningdek, uning turmush o‘rtog‘i M.J ga tegishli Hongqi T55 rusumli avtomashina butkul yongan.

Voqea joyiga yong‘in-qutqaruvchilar 06:04 da yetib borgan hamda 06:08 da yong‘in o‘chirilgan.

Ayni paytda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati