Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

25-noyabr kuni tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginovni qabul qildi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar qildi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Qayd etilishicha, uchrashuv davomida O‘zbekiston—Rossiya strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb jihatlari muhokama qilingan.

Xalqaro va mintaqaviy institutlar doirasidagi tomonlarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan fikr almashilgan.

Turli darajalardagi kelgusi tadbirlar jadvali va ularning kun tartibi ko‘rib chiqilgan.

Iqtisodiy diplomatiyani jadallashtirish, shu jumladan, tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarini oshirish, investitsiyalarni jalb qilish, savdo, energetika, sanoat, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi, transport, infratuzilma, bank-moliya sektori va boshqa sohalardagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Uchrashuv davomida Vladimir Norov Oleg Malginovga millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishonini topshirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov