• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Tomdi, Xatirchi, Uchquduq, G‘ozg‘on, Konimex, Qiziltepa, Navbahor va Nurotadagi 23 ta mahallada ishsiz yoshlar ko‘p” – Shavkat Mirziyoyev

    Ayni vaqtda Navoiy shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalq deputatlari viloyat kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Prezident viloyatdagi ayrim yechimini kutayotgan masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

    “Viloyat iqtisodiyoti faqatgina yirik korxonalarga qarab qolmasligi kerak. Misol uchun, Xatirchida har 1 ming aholiga 13 ta, Navbahorda esa 15 ta tadbirkor to‘g‘ri kelib, qolgan hududlardan ancha orqada (viloyatda o‘rtacha – 22 nafar). Yoki, Xatirchida 8 ta, Navbahorda 6 ta, Karmana va Qiziltepada 5 tadan, Uchquduq va Konimexda 3 tadan, Nurota, Navoiy va Zarafshon shaharlarida 2 tadan, jami 36 ta mahallada tadbirkorlik rivojlanmagan. Shuningdek, 13 ta maxsus sanoat zonasida 300 gektar yer uchastkasi bo‘sh yotibdi. Vaholanki, ularda kamida 300 ta loyihani joylashtirib, 400 million dollardan ortiq investitsiya jalb qilsa bo‘ladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Davlat rahbari Navoiyda sanoatni yanada rivojlantirish uchun juda katta zaxira va imkoniyatlar bo‘lgani bilan, ular to‘liq ishga solinmayotganini aytdi.

    “Misol uchun, viloyatga yiliga 500 million dollarlik asbob-uskuna va ehtiyot qismlar chetdan import qilinayapti. Vaholanki, kooperatsiya asosida mahalliy tadbirkorlar bilan bularni bemalol o‘zimizda chiqarsa bo‘ladi. Bu borada viloyatda yetarli tajriba bor. Yoki, viloyatda 188 ta noruda konlari zaxirasi aniqlangani bilan, ularga investitsiya jalb qilish bo‘yicha tashabbus bildirilmayapti.

    Jumladan:

    • Nurota, Tomdi va Uchquduqda 6 ta kvars qumi;
    • Navbahor, G‘ozg‘on, Karmana, Nurota, Tomdi, Uchquduq va Xatirchida 12 ta tabiiy pardozbop toshlar;
    • Uchquduqda kaolin, Karmanada bazalt va Nurotada mineral tolasi kabi 42 ta konlar bor.
    Ushbu konlarga sanoat kirib borsa, yangi ish o‘rinlari va soliq tushumlari bo‘ladi”, - deydi prezident.
    Shavkat Mirziyoyev Tomdi, Xatirchi, Uchquduq, G‘ozg‘on, Konimex, Qiziltepa, Navbahor va Nurotadagi 23 ta mahallada ishsiz yoshlar ko‘pligini aytdi.

    “Bugun viloyat yoshlari bilan alohida uchrashaman va barcha masalalarni gaplashib olamiz. Shuningdek, viloyatda 20 mingdan ziyod ayollar yordamga muhtoj. Bu holat, ayniqsa, Xatirchi (3 438 ta), Qiziltepa (3 241 ta), Navoiy shahri (3 042 ta), Karmana (2 953 ta) va Navbahorda (2 650 ta) og‘ir”, — deydi davlat rahbari.

    Shavkat Mirziyoyev ushbu masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq berdi.

    25.11.2022, 10:51   Izoh (0)   5434
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada bedarak yo‘qolgan ayol murdasi Qirg‘izistondan topildi

    25.11.2022, 10:22

    “2023-yilda 140 million dollarlik kaliy sulfat, poliakril tola, quruq sianit tuzi chiqarish kabi loyihalar ishga tushadi” — prezident

    25.11.2022, 10:16

    “Bugun yoshlarga ko‘proq e’tibor bermasak, ish bilan ta’minlamasak ertaga xavf-xatar ko‘payadi” — Shavkat Mirziyoyev

    25.11.2022, 09:59

    Farg‘onada yosh kelin-kuyov is gazidan zaharlanib, vafot etdi

    25.11.2022, 09:54

    Toshkentda ayolni eri va qaynotasi majburan mashinaga o‘tqazib, olib ketgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    25.11.2022, 09:37

    Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi

    25.11.2022, 08:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.