Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ayni vaqtda Navoiy shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalq deputatlari viloyat kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Prezident bugun kun davomida Navoiy viloyatida bo‘lishini aytib, yoshlar bilan ham uchrashishini aytdi.

“Nima uchun men hamisha yoshlar bilan uchrashaman? Chunki ular ertanggi kelajagimiz. Bugun biz ularga ko‘proq e’tibor bermasak, ularni ish bilan ta’minlamasak ertaga xavf-xatar ko‘payadi. Bugun tashkiliy masala bilan birga o‘zaro muloqot ham qilamiz. Navoiy ko‘pmillatli viloyatlardan biri. Bugungi uchrashuvimizdan men ham rozi bo‘lib ketishim kerak, sizlar ham rozi bo‘lishinglar kerak. Navoiydagi barcha mahallaning dardini baralla aytishimiz kerak. Hozir hamma narsani bamaslahat qilsak, hamma muammoni yechsa bo‘ladi”, — dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, paxta siyosati haqida ham so‘z yuritdi.

“Bosh vazir bo‘lib ishlaganimizda Navoiy viloyatida kechasi bilan paxta bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazardik. Mana hozir paxtani ham, g‘allani ham tannarxini oshirdik, bu barcha uchun manfaatli bo‘ldi. Agar biz xalqimizga manfaat qilib bersak, ular qilishadi. Bizning xalqimizdan mehnatkashroq xalq yo‘q”, — dedi prezident.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)