Toshkent shahrining Yashnobod tumani Iltifot ko‘chasidagi qurilish obyektida 16 tup qimmatbaho daraxt tag qismidan kesib tashlangani xabar qilingandi. Bosh prokuratura axborot xizmati holatga munosabat bildirdi.
Ekoqo‘mitaning ma’lum qilishicha, ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunining 37-moddasi talablari buzilib, o‘simlik dunyosiga ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati holatga munosabat bildirdi
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori 3 milliard 514 million 200 ming so‘mni tashkil etmoqda.