Parij shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston—Fransiya biznes-forumining ochilishida Fransiya Respublikasi savdo vaziri-delegati, O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi Oliver Besht so‘zga chiqdi.
Oliver Besht Shavkat Mirziyoyevning tashrifi ikki tomonlama munosabatlar faollashganining yangi belgisi ekanini, mamlakat iqtisodiyoti yuksalishida ishbilarmon doiralarning o‘rni muhimligini ta’kidlagan.
“Iqtisodiy o‘sishda biznes alohida o‘rin tutadi, shuning uchun ham ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni faollashtirish oliy darajadagi muhokamalar kun tartibidagi eng muhim masalalardan biridir. Bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy muloqotni rivojlantirishning kalitidir. Istiqbolli yo‘nalishlar qatorida energetika, yuqori texnologiyalar, transport va logistika, ijtimoiy xizmatlar ham bor
Shavkat Mirziyoyevning tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni faollashtirishda yangi bosqich hisoblanadi”, — dedi Oliver Besht.
Izoh (0)